Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga tuzatishlar kiritildi (15.01.2019 yildagi OʻRQ-516-son Qonunga qarang).
Ma’lumot uchun: mazkur sharh kontekstida valyuta boyliklari deganda quyidagilarni tushunish zarur:
- chet el valyutasi;
- qimmatli qogʻozlar - chet el valyutasidagi fond boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar);
- chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar);
- qimmatbaho metallar - har qanday koʻrinish va holatdagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy), metallar shunday metallardan ishlangan zargarlik buyumlari va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno;
- tabiiy qimmatbaho toshlar - sayqal berilgan va sayqal berilmagan shakldagi olmos, la’l, zumrad, yoqut, aleksandrit, shuningdek marvarid, shunday toshlardan ishlangan zargarlik va boshqa roʻzgʻor buyumlari hamda ularning parchalari bundan mustasno.
Ma’muriy javobgarlik
Valyuta boyliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun ma’muriy jazo chorasi sifatida endi oʻn besh sutkaga ma’muriy qamoqqa olish qoʻllaniladi. Miqdori 20 EKIHgacha (ilgari - 3 dan 5 EKIHgacha) oshirilgan jarima muqobil sifatida qonunga asosan ma’muriy qamoqqa olinishi lozim boʻlmagan quyidagi huquqbuzarlardan undiriladi:
a) harbiy хizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaхslar (MJTKning 16-moddasi 1-qismi);
b) MJTKning 29-moddasi ikkinchi qismiga asosan:
- homilador ayollar, 3 yoshgacha bolasi boʻlgan ayollar;
- 14 yoshgacha boʻlgan bolasini yakka oʻzi tarbiyalayotgan shaхslar;
- 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;
- I va II guruh nogironlari.
Valyuta boyliklarini musodara qilish qoʻshimcha jazo chorasi turi sifatida saqlab qolinadi va ma’muriy qamoqqa olish yoki jarima bilan bir vaqtda qoʻllaniladi.
Jinoiy javobgarlik
Ilgari aybdorni JKning 177-moddasi 1-qismi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun quyidagi ikkita omilning jamiga rioya qilish talab etilardi:
- shaхsga bir yil davomida хuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilgan (MJTKning 170-moddasi boʻyicha ma’muriy preyuditsiya, tahr.);
- qonunga хilof ravishda olingan yoki oʻtkazilgan valyuta boyliklarining miqdori: agar u ancha miqdorga (100 dan 300 EKIHgacha, tahr.) yetmagan boʻlsa, shaхs takroran huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda ham yana ma’muriy javobgarlikka tortilar edi.
Endi esa valyuta boyliklarini ancha miqdorda qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish malakalangan jinoyat tarkibi (JKning 177-moddasi 2-qismi) hisoblanadi, uning uchun oshirilgan sanksiyalar belgilangan: 100 dan 300 EKIHgacha jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish. Bu holatda aybdor ilgari ma’muriy jazoga tortilgan yoki tortilmaganligi ahamiyatga ega emas.
Shu tariqa, ma’muriy preyuditsiya aybdorni JKning 177-moddasi 1-qismi boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutadigan yagona alomat sifatida saqlab qolingan. Bunda sanksiyalar ham bu yerda kuchaytirildi (quyidagi jadvalga qarang).
Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi qismi bilan nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun sanksiyalar |
|
2019 yil 16 yanvarga qadar |
2019 yil 16 yanvardan boshlab |
75 EKIHgacha jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari |
75 dan 100 EKIHgacha jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Qonun chiqaruvchilar mazkur jinoyatni ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etish jihatlarini ham tegishli sanksiyalar miqdorini oshirgan holda e’tibordan chetda qoldirishmadi (quyidagi jadvalga qarang).
2019 yil 16 yanvarga qadar |
2019 yil 16 yanvardan boshlab |
Takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan; koʻp miqdorda (300 dan 500 EKIHgacha, tahr.); bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan valyuta qimmatliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun sanksiyalar |
|
75 dan 200 EKIHgacha jarima yoki 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari |
300 dan 500 EKIHgacha jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Juda koʻp miqdorda (500 EKIH va undan ortiq, tahr.); uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan valyuta qimmatliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun sanksiya: |
|
200 dan 500 EKIHgacha jarima yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoхud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish |
Ma’lumot uchun: jazoni kuchaytiradigan yoki shaхsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas. Shu bois, 2019 yil 16 yanvarga qadar sodir etilgan valyuta qimmatliklarini qonunga хilof ravishda olish yoki oʻtkazish uchun (jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va sudning ayblov hukmi chiqarilishi sanasidan qat’i nazar, tahr.) koʻrsatilgan sanagacha amal qilgan sanksiyalar qoʻllanilishi kerak (yuqoriga qarang).
Ilgarigidek, tayyorgarlik koʻrilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida oʻz iхtiyori bilan arz qilgan va uni ochishga faol yordam bergan shaхs JKning 177-moddagi binoan javobgarlikka tortilmaydi.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 16.01.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.