Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda

25.12.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda (18.12.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3281-3)

 

Xususan, ichki valyuta operatsiyalariga qimmatli qogʻozlar bozorining uyushgan savdolarida norezidentlar tomonidan, shu jumladan birja brokerlari va investitsiya vositachilari orqali aksiyalar va obligatsiyalarni (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotish va sotib olish bilan bogʻliq oʻtkazmalar kirishi belgilanmoqda.

 

Maхsus valyuta hisobvaragʻiga mijoz tomonidan sotib olingan, shuningdek, ushbu hisobvaraqdan ilgari chiqarilib, foydalanilmagan yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham kirim qilinadi.

 

Maхsus valyuta hisobvaragʻidan ilgari chiqarilgan va foydalanilmagan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra qaytarilgan chet el valyutasi ham 3 bank ish kuni mobaynida tijorat banklariga qayta sotilishi yoki buyurtmada koʻrsatilgan maqsadlar uchun takroran oʻtkazib berilishi lozimligi haqidagi norma bekor qilinmoqda.

 

Shu bilan birga, bank mijozi tomonidan sotib olingan (shu jumladan foydalanilmagan yoki qaytarilgan) valyuta mablagʻlari mijozning maхsus valyuta hisobvaragʻiga kiritilgan vaqtdan e’tiboran yetti bank ish kuni mobaynida foydalanilishi yoki ushbu muddat tugagandan keyingi bank ish kunidan kechiktirilmagan holda tijorat bankiga qayta sotilishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.12.2023 yildan kuchga kirdi.


 Sobir Nurberdiyev