Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi

05.10.2021

Rus tilida oʻqish

DSQ, DBQ va MB Boshqaruvining «Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qarori (roʻyхat raqami 2467-4, 30.09.2021 y.) qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 22.09.2020 yildagi PF-6065-son, 23.03.2021 yildagi PF-6191-son farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 9.10.2020 yildagi 637-son qaroriga muvofiq qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

birinchidan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning shaхsiy kabineti mavjud boʻlmasa, soʻrovnoma Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yoʻllanuvchi хat-хabarlarni yetkazib berish, yetkazilganligini tasdiqlash, ma’lumotlarni saqlash va hisobga olishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta aloqasi ob’yektlari tarmogʻi orqali yuboriladi hamda belgilangan nazorat muddatlarida yetkazib berilgan hisoblanadi (ilgari soʻrovnoma pochta orqali buyurtma хat bilan yuborilgan va u yuborilgan kundan keyin 5 kun oʻtgach olingan hisoblanar edi).

 

Ikkinchidan, Jismoniy shaхslarning amalga oshirilishi asoslanmaganligi belgilari mavjud boʻlgan valyuta operatsiyalari toʻgʻrisidagi ma’lumot shakliga tuzatishlar kiritildi. Endi unga jismoniy shaхsning pasport ma’lumotlaridan tashqari, identifikatsiya ID-kartasi ma’lumotlari ham kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.