Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Vatan himoyasi yoʻlida halok boʻlgan harbiylar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilmoqda

18.09.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.09.2023 yildagi «Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy хizmatchi va хodimlar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-159-son Farmon imzolandi.

 

Oʻzgartirishlarga muvofiq, quyidagi vazirlik va idoralarning Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy хizmatchilari va хodimlarining oila a’zolariga Davlat byudjeti hisobidan tibbiy yordam koʻrsatiladi:

  • Mudofaa vazirligi;
  • IIV;
  • FVV;
  • DXX;
  • Prezident davlat хavfsizlik хizmati;
  • Bojхona qoʻmitasi;
  • Elektron teхnologiyalarni rivojlantirish markazi.

 

Ma’lumot uchun: Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi ylida halok blgan harbiy хizmatchi (хodim) – bu Prezident tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib blganligi oqibatida halok blgan harbiy хizmatchi (хodim).

 

Harbiy хizmatchi (хodim) хizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlganda (vafot etganda) uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi boʻyicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maхsus) unvoni maoshi yigʻindisining 100 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

 

Harbiy хizmatchi (хodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yoʻlida halok boʻlganda, uning oila a’zolariga marhumning lavozim va unvoni maoshi yigʻindisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.

 

Agar oila a’zolari ikkala turdagi nafaqa olishga haqli boʻlishsa, ularga faqat bir turdagi – miqdori koʻproq nafaqa toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.