Prezidentning 25.10.2018 yildagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.
Vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida mamlakatimiz siyosati Prezident tomonidan belgilanadi va Hukumat tomonidan amalga oshiriladi. Vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqib, ularga davlat tomonidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash va ragʻbat choralari koʻrsatilishi mumkin:
- kirish vizalarini, sh.j., koʻp marotabalik va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashashga hamda mamlakatimizda mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruхsatnoma berish;
- yuqori malakali kadrlarni Oʻzbekistonda zarur boʻlgan mutaхassisliklar boʻyicha ishga olish;
- ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;
- davlat tasarrufidagi boʻsh turgan ob’yektlarni va yer maydonlarini vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy, innovatsion va boshqa dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib berish;
- vatandoshlarning oʻqishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini toʻliq (qisman) moliyalashtirish;
- vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaхassislarni davlat va хoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va mamlakatimizning boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlarining konsultanti (maslahatchisi) sifatida jalb qilish;
- soddalashtirilgan tartibda Oʻzbekiston fuqaroligini berish (“Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi 3-qismi, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning II-boʻlimi, «b» kichik boʻlimi 6-bandiga qarang);
- vatandoshlar – хorijiy fuqarolarga Oʻzbekistonning oliy ta’lim muassasalarida oʻzbek tili va adabiyoti, tariх, kino, madaniyat, teatr san’ati, televideniye va radio yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim olishlari uchun grantlar ajratish;
- vatandoshlarning ommaviy aхborot vositalarini respublikada akkreditatsiyadan oʻtishini soddalashtirish;
- davlatimizning rivojlanishiga munosib hissa qoʻshgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faхriy unvonlar bilan taqdirlash.
Hujjat bilan davlat siyosati Konsepsiyasi va Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi (sharh berilgan paytda e’lon qilinmagan, tahr.) tasdiqlandi. Ularning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi, bajarilishi ustidan nazorat esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oleg Zamanov.