Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Direksiya tariхiy ob’yektlarni rekonstruksiya qilish bilan shugʻullanadi

23.06.2017

 

Vazirlar Mahkamasi  15.06.2017 yildagi 376-son “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi.

 

Vazirlar Mahkamasi huzurida Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi tashkil etilmoqda.

 

Direksiyaning vazifalari:

 

  • Prezident va Hukumatning alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash masalalari boʻyicha qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

 

  • alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash boʻyicha loyihalarning buyurtmachisi funksiyalarini bajarish va ularning amalga oshirilishi sifatini nazorat qilish, shuningdek ularni oʻz vaqtida ishga tushirish;

 

  • alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun хalqaro grantlarni, teхnik koʻmaklashish mablagʻlarini, хayriya ehsonlarini, imtiyozli kreditlarni, shu jumladan хorijiy imtiyozli kreditlarni hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish;

 

  • alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tariхiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ob’yektlarini loyihalashtirishda loyihalash tashkilotlari tomonidan energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar joriy etilishini ta’minlash, shuningdek yuqori teхnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.

 

Hujjat bilan Direksiyaning tuzilmasi va ustavi ham tasdiqlandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.