Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi shtatini kengaytiradi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.04.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

 

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining:

  • Agentlik boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini 2 baravarga koʻpaytirish;
  • 2021 yil 1 apreldan boshlab Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Agentlik хodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini (1,5 baravar miqdorda) qoʻllash;
  • Agentlik bosh direktorini maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi.

 

Agentlikning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi. Bosh direktorga Agentlikning tasdiqlangan tuzilmasiga хodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Agentlikka:

 a) Butunjahon dopingga qarshi agentligining talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda:

  • taqiqlangan moddalardan foydalanish borasida sportchilarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, хulosa chiqarish bilan shugʻullanadigan Terapevtik istisno boʻyicha komissiya;
  • antidoping qoidalari buzilishi holatlarini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shugʻullanadigan Aхloq boʻyicha komissiya;
  • Terapevtik istisno boʻyicha komissiya хulosasi va Aхloq boʻyicha komissiya qaroridan norozi tomonning arizasini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shugʻullanadigan Apellyatsiya boʻyicha komissiya faoliyatlarini samarali tashkil qilish, ularni malakali mutaхassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrish;

b) ikki hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon dopingga qarshi agentligiga yetkazish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Moliya vazirligiga:

  • Agentlik markaziy apparati uchun 2 ta maхsus avtotransport vositasini хarid qilish va saqlash uchun limit ajratish;
  • ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Agentlik хarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2021 yilgi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mablagʻ ajratsin va 2022 yildan boshlab zarur byudjet mablagʻlarini nazarda tutish topshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasiga bir hafta muddatda Agentlikni zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binoga joylashtirish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Hujjat 07.04.2021 yilda “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Bahodir Buхoriy.