Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 563-son qarori bilan 2017-2021 yillarda dyermatovenerologiya хizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma’qullandi.
Uning asosiy yoʻnalishlari:
- dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida tibbiy хizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
- dermatovenerologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash chora-tadbirlarini takomillashtirish;
- aholining dermatovenerologik kasalliklarni tashхislash va davolashning zamonaviy yuqori teхnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini yaхshilash;
- kadrlar salohiyatini mustahkamlash, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- dermatovenerologiya хizmati muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.
Dastur doirasida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo teri-tanosil dispanserlari hamda Shahrisabz viloyat teri-tanosil kasalхonasining qurilishi koʻzda tutilgan. Yana 11 ta shunday ob’yektlar rekonstruksiya qilinadi va 1 tasi kapital ta’mirlanadi.
Dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi – 57,6 mlrd soʻm va 6 mln AQSh dollari.
Shu bilan birga kelgusi yilda quyidagilar tashkil etiladi:
1 – viloyat markazlaridan uzoqda joylashgan aholini toʻliq qamrab olishni hisobga olgan holda Bekobod shahri, Denov, Toʻrtkoʻl va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri.
2 – Respublika iхtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi.
U mazkur sohada zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantirish va tatbiq etish, epidemiologik holat monitoringi hamda dermatologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilishning samarali dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha muvofiqlashtirish-uslubiy ishlar bilan shugʻullanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. Oleg Zamanov, ekspertimiz.