Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Yagona yer soligʻi stavkasi pasaytirildi

30.12.2015

Yagona yer soligʻi stavkasi 6 marta pasaytirildi. 2016 yil 1 yanvardan boshlab, Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida” Qarori (22.12.2015 yildagi PQ-2455-son) bilan u 0,95% miqdorida belgilandi..

 

 

Yagona yer soligʻi stavkasi qishloq хoʻjaligi yerlarining 2014 yil narхlarida qayta hisoblangan normativ qiymatiga nisbatan  0,95% miqdorida belgilandi.  Avval stavka qishloq хoʻjaligi yerlarining 2004 yil narхlarida normativ qiymatiga nisbatan 6%  miqdorini tashkil qilgan. Har bir хoʻjalik boʻyicha qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymati “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.

 

Joriy 2015 yilda tugallangan qishloq хoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini qayta hisoblash uning sezilarli oshishiga olib keldi. Shuning uchun qayta baholash tugaganligi munosabati bilan hamda fermer хoʻjaliklariga soliq solish shartlarining ogʻirlashishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida YaYeS stavkasi proporsional ravishda pasaytirildi.

 

Ma’lumot uchun:  YaYeS stavkasi 2011 yildan buyon qayta koʻrib chiqilmagan.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

   

 

Irina AXMETOVA,
 ekspertimiz.