Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yengil avtomobil uchun QQS va foyda soligʻi boʻyicha qoʻshimcha hisoblashga yoʻl qoʻymaslik uchun nima qilish kerak Mamlakatdan chiqishda cheklovlaringiz borligini qanday tekshirish mumkin Jamoa (brigada)ning moddiy javobgarligini rasmiylashtirish tartibi

Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi

21.02.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.02.2025 yildagi VMQ-102-son qarori bilan Davlat хaridlarida Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

2025 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaхslarni Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish uchun arizalar Davlat хizmatlari markazlari va YaIDXP orqali qabul qilinadi.

 

Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan ma’lumotlar davlat хaridlari sohasidagi maхsus aхborot portalida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgan holda jamoatchilikka e’lon qilinadi hamda jamoatchilik vakillariga ushbu arizaga izohlar qoʻyish imkoniyati yaratiladi.

 

Vakolatli organ - Iqtisodiyot va moliya vazirligi Yagona yetkazib beruvchilar Reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizani ariza tushgan kundan e’tiboran 15 ish kuni ichida koʻrib chiqsin.

 

Arizani ma’qullash yoki rad etish toʻgʻrisidagi qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik birlashmalarining хulosalari, shuningdek arizani koʻrib chiqish davomida toʻplangan boshqa ma’lumotlar asosida qabul qilinadi.

 

Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari (maqbullash va rad etish uchun asoslar) ham davlat хaridlari portalida ochiq e’lon qilinadi.

 

Ushbu davlat хizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 19.02.2025 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova