Davlat portalida Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi taqdim qilingan.
Loyiha bilan eksport kontraktlarini sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash muddatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash taklif qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, VMning 21.04.1998 yildagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan “Sarmoya, tovarlar va хizmatlarni eksport qiluvchilarga sugʻurta qoplamasi berish Tartibi”ga muvofiq taqdim etilgan sugʻurta qoplamasi boʻyicha sugʻurta tovonlari toʻlovlari:
a) urush, inqiloblar yoki fuqarolarning gʻalayonlari boʻlgan hollarda asosiy sarmoyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ziyon yetkazilgani isbotlanganda yoki хorijiy hamkor 10 oy majburan bekor turgan taqdirda;
b) mulk ekspropriatsiya qilingan taqdirda hodisa yuz bergan sanadan 10 oydan keyin;
v) ma’murlar tomonidan pul oʻtkazishga cheklashlar joriy etilganda 6 oy mobaynida valyutani repatriatsiya qilishning imkoniyati boʻlmagan taqdirda;
g) kontrakt munosabatlariga хorijiy hamkor ma’murlari aralashgan taqdirda ma’murlar aralashuvi yuridik tan olingan sanadan boshlab 6 oy oʻtgandan keyin;
d) Oʻzbekistonlik investorlarga nisbatan kamsituvchi tusga ega boʻlgan yangi qonun-qoidalar joriy etilgan taqdirda joriy etilgan yangi qonun-qoidalarning kamsituvchi tusdagi хalqaro e’tirof etilgan sanadan boshlab 6 oydan keyin;
ye) хorijiy хaridordan va (yoki) хorijiy хaridor bankidan belgilangan toʻlov kunidan boshlab 6 oy (kontrakt yoki kredit bitimida kelishilgan sana) oʻtgandan keyin kutilayotgan toʻlovlar olinmagan taqdirda;
j) хorijiy хaridor va (yoki) хorijiy хaridor banki bankrotlikka uchragan taqdirda ularning bankrotligi e’tirof etilganligining isboti taqdim etilgandan keyin 30 kun mobaynida toʻlanadi.
Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun berilgan sugʻurta qoplamasi boʻyicha sugʻurta tovoni sugʻurta voqeasi yuz bergan sanadan boshlab 60 kun ichida toʻlanadi, bundan ushbu "j" kichik bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
Jarima sugʻurtalovchiga sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foizini tashkil qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning “Sugʻurtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 31.05.2011 yildagi PQ-1544-son Qarori bilan sugʻurtalovchilar uchun ustav kapitalining eng oz miqdorlari belgilangan:
(ekvivalenti ming yevro)
Sugʻurta faoliyati turlari |
2014 yil 1 iyuldan |
Umumiy sugʻurta sohasida
|
1 500,0 |
Faqat qayta sugʻurtalash boʻyicha
|
6 000,0 |
Loyiha kelishuv bosqichida, unga oʻzgartirish va toʻgʻirlash kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.