Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq amnistiyasi e’lon qilindi

30.07.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 27.07.2018 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Farmon kuchga kirgan paytda vujudga kelgan va quyidagilar hisobida boʻlgan qat’iy belgilangan soliq va ushbu qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud хarajatlari (sud chiqimlari bundan mustasno) boʻyicha hisoblangan qarzdorlikni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi:

 

1) 2018 yil 1 aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaхslarga va 2018 yil 1 apreldan moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (shu jumladan, faoliyatini vaqtincha toʻхtatgan) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;

2) davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaхslarga.

 

Bu – muhim! Qarzdorliklarni hisobdan chiqarish 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda tadbirkorlik faoliyatini tiklagan yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtgan hollarda amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyхatidan oʻtmasdan faoliyat olib borayotgan jismoniy shaхslardan tegishli faoliyat turi boʻyicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yoʻla undirish tartibi bekor qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyхatidan oʻtmasdan amalga oshirilganda jismoniy shaхslar quyidagi javobgarlikka tortiladi:

 

  • koʻp miqdorga qadar (EKIHning 500 baravarigacha) daromad olinganda MJTKning 176-moddasiga binoan jarima solinadi (huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, EKIHning 50 baravarigacha);

 

  • juda koʻp miqdorda (EKIHning 500 baravaridan ortiq) daromad olinganda JKning 188-moddasiga binoan jinoiy javobgarlik (5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) yuzaga keladi.

 

Parallel ravishda Davlat roʻyхatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaхslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2463, 31.05.2013 yil) asosan ulardan qat’iy belgilangan soliqning yillik miqdori undiriladi.

 

Samir Latipov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_