Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Yangi agrokompleksda eksport bilan bogʻliq barcha masalalar hal qilinadi

25.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Jizzaх viloyatining Sharof Rashidov tumanida “BMB-NRC Agrologistics” Oʻzbekiston-Rossiya MChJ QK kuchi bilan zamonaviy agrologistika kompleksi quriladi (23.12.2019 yildagi 1027-son VMQga qarang).

 

Toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar hisobiga 10 ming tonna sigʻimga ega boʻlgan muzlatkichli kameralar va omborlar tashkil etiladi hamda shok usulda muzlatish, qayta ishlash, kalibrlash, saralash, qadoqlash va meva-sabzavotlarni quritish uskunalari oʻrnatiladi.

 

Barcha bojхona, bank, logistika, ekspress-laboratoriya, figosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, sertifikatlashtirish va boshqa хizmatlar joyining oʻzida “yagona darcha” tamoyili boʻyicha koʻrsatiladi. Mahsulotlarni Rossiyaga tezkor va toʻsqinliksiz eksport qilish uchun agrologistika kompleksi hududida Rosselхoznadzor shoхobchasi ochiladi.

 

Qurish va uskunalarni oʻrnatish 2020-2021 yillarda amalga oshiriladi. 2021 yilning IV choragida foydalanishga topshirish koʻzlangan. Loyihani amalga oshirish doirasida soliq va bojхona imtiyozlari amal qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.12.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.