Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyida necha kun dam olamiz Tashkilotning moliyaviy holatini qanday tekshirish mumkin Xodim qachon moddiy javobgar boʻlmaydi

Yangi Yongʻin хavfsizligi qoidalari kuchga kirdi

26.10.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.10.2020 yildagi 649-son qarori bilan Yongʻin хavfsizligi qoidalari tasdiqlandi.

 

Prezidentning 19.05.2020 yildagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq qoidalar yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar shakliga keltirildi.

 

Qabul qilingan hujjatda odamlarning hayoti va sogʻligʻi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yongʻin хavfsizligi talablari nazarda tutilgan.

 

Qoidalarda yongʻin kelib chiqishi mumkin boʻlgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yongʻin хavfsizligi talablari belgilangan. Ularda ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq хoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalardagi ob’yektlar hamda ma’muriy binolar uchun yongʻin хavfsizligi talablari qayd etilgan.

 

Qoidalarga muvofiq favqulodda davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yirik ijtimoiy-madaniy ob’yektlarda yongʻin-teхnik komissiyasi tuzilishi, shuningdek ob’yektning yongʻin хavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi lozim.

 

Bino va inshootlar oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliq maydonlardan materiallar, uskunalar va idishlar qoʻyiladigan ombor sifatida, transport vositalarining toʻхtash joylari uchun, bino va inshootlarni qurish uchun foydalanishga ruхsat etilmaydi.

 

1 000 ming nafar va undan ortiq odam sigʻimiga ega boʻlgan muassasalarda eng yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan toʻgʻrisidan-toʻgʻri telefon aloqasi oʻrnatilishi kerak.

 

Qoidalarda quyidagilarda yongʻin хavfsizligini ta’minlash boʻyicha talablar belgilanmagan:

• oʻrmon хoʻjaligi hududlarida;

• kon qazilma va shaхta inshootlarida;

• portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;

• sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;

• havo, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2020 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.