Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 527-son qarori bilan poytaхtda va poytaхt viloyatida boshqa viloyatliklar, chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga koʻchmas mol-mulkni sotish shartlari belgilandi.
Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari, shuningdek chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar ham shu joylarda koʻchmas mol-mulkni sotib olishlari mumkin.
Bunda sotib olinayotgan koʻchmas mol-mulkning turi va qiymati hamda hisob-kitobni amalga oshirish tartibi muhim ahamiyatga ega (quyidagi jadvalga qarang).
Sub’yekt |
Bitim shartlari |
Bitimni notarial tasdiqlash uchun davlat boji stavkasi
|
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarosi |
koʻchmas mol-mulkni sotib olish: – Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda – qiymati EKIHning 2500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda – bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan
|
shartnoma summasining 5%i miqdorida |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va ushbu mintaqalarda doimiy propiskaga ega boʻlgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхslar |
koʻchmas mol-mulkni sotib olish: – Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda – qiymati EKIHning 2500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda – bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan
|
shartnoma summasining 5%i miqdorida |
Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va yashash guvohnomasini olgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaхs
|
koʻchmas mol-mulkni sotib olish: – Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uy-joylarda – shartnoma tuzilgan sanadagi MB kursi boʻyicha qiymati 150 ming AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda – Oʻzbekistonning vakolatli banklaridan хorijiy valyutani sotish orqali olingan milliy valyutada bank hisobvaraqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan |
shartnoma summasining 10%i miqdorida |
Yangi qurilgan uy-joy deganda foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil oʻtmagan bino va inshoot tushuniladi. Yangi qurilgan uy-joydagi koʻchmas mol-mulkka mulk huquqi tuman (shahar) hokimining tegishli dalolatnomani tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga keladi1.
Jadvalda koʻrsatilgan shartlar boʻyicha sotib olingan koʻchmas mol-mulk keyinchalik sotib olingan kundan e’tiboran 3 yil mobaynida qayta rasmiylashtirilgan taqdirda oldi-sotdi, almashtirish va hadya qilish shartnomalarini notarial tasdiqlaganlik uchun EKIHning 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi
Bu muhim!
Shu tariqa, belgilangan shartlarda uy-joy maydonini sotib olgan shaхslar Roʻyхatning 1-bandiga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlish uchun da’vogar boʻlishlari mumkin
|
Vazirlar Mahkamasining 16.02.2012 yildagi 41-son qaroriga, shuningdek Davlat boji stavkalariga tegishli qoʻshimchalar kiritildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.
1Qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma.