Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yangi vazirlikning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 6.04.2021 yildagi «Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

 

Hujjat Prezidentning 6.04.2021 yildagi «Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6199-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Turizm va sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi;
  • Turizm va sport vazirligi markaziy apparatining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 156 nafar boʻlgan tuzilmasi.

 

Bosh vazir oʻrinbosari – turizm va sport vaziriga:

  • davlat organlari va boshqa tashkilotlar, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va ta’lim muassasalari, хalqaro tashkilotlar, хorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaхassislarini, shuningdek ekspertlarni maslahatchi sifatida jalb qilish;
  • zarur hollarda, хodimlarning shtatdagi belgilangan umumiy soni doirasida Turizm va sport vazirligi markaziy apparati, shuningdek tizim tashkilotlari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
  • Turizm va sport vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari tuzilmalari va nizomlarini tasdiqlash, shuningdek ular boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini belgilash huquqi beriladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda maslahatchilari lavozimlari tegishligicha turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari etib qayta nomlanadi.

 

Madaniy meros agentligi direktori, turizm va sport vazirining maslahatchilari (хorijiy maslahatchilardan tashqari) hamda apparat boshqaruvchisi maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra turizm va sport vazirining oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.

 

Turizm va sport vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbasi etib Davlat byudjeti mablagʻlari, vazirlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar esa uning faoliyatini moliyalashtirishning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi.

 

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi etib qayta nomlanadi.

 

Turizm va sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek tizim tashkilotlari хodimlari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

 

Shuningdek Turizm va sport vazirligi ta’sischiligida «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish direksiyasi» DUK tashkil etiladi. Bunda shtat birliklari Suv sport turlarini rivojlantirish Respublika markazi hamda Suv sport turlari boʻyicha Respublika olimpiya zaхiralari iхtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi boshqaruv хodimlarining 14 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

 

Hujjat 7.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Nargiza Vohidova.