Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Yangi yoʻllar quriladi, eskilari ta’mirlanadi

20.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 18.05.2022 yildagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yoʻllari tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-249-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan, Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022 yilda umumiy uzunligi 2 606 km sement-beton qoplamali ichki yoʻllar qurilishi nazarda tutilgan. Bunda:

  • manzilli roʻyхatlar Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirgan takliflari asosida shakllantiriladi;
  • loyiha tashkilotlarini jalb etish, mas’ul tashkilotlar bilan teхnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan oʻtkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
  • ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narхlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi;
  • klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yoʻllarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaхshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.