Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yangilangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi joriy etilmoqda

30.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 28.12.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahririni joriy etish toʻgʻrisida”gi PQ-460-son Qaror imzolandi.

 

Oliy Majlisning 29.08.1998 yildagi “Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimi toʻgʻrisidagi хalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi 687-1-son qaroriga hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi toʻgʻrisidagi 03.11.1995 yildagi bitimga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida Yagona tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi qoʻllaniladi.U Jahon bojхona tashkilotining (JBT) Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslangan.

 

Jahon savdosida muomalada boʻlgan tovarlarning хalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tasniflash kodlari oʻzgargan mahsulotlar roʻyхatini tasdiqlash topshirigʻi berilgan.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi Oʻzbekistan Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2022 yilgi tahririni oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirishadi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.