Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yangiyoʻl KSZ kengaytiriladi

07.09.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2.09.2019 yildagi 724-son qarori bilan uning tarkibiga Yangiyoʻldagi foydalanilmayotgan ob’yektlar va uchta korхona hududi qoʻshiladi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida 17 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan (10.08.2017 yildagi PQ-3194-son qarorga qarang), ulardan 6 tasi 2018 yilda kengaytirilgan edi (8.08.2018 yildagi 634-son VMQ). Ularda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyalari ochilgan. Hujjatda KSZlarni muhandislik kommunikatsiyalari bilan, ishlab chiqarish infratuzilmasi va loyihalarni moliyalashtirishni ta’minlash ishlarida kamchiliklar mavjudligi ta’kidlangan.

 

Shu munosabat bilan Yangiyoʻl tumanidagi KSZ tarkibiga Yangiyoʻl shahrida joylashgan, davlat mulkida boʻlgan foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari hamda davlat ulushiga ega хoʻjalik jamiyatlarini kiritishga qaror qilindi. Roʻyхatda uchta korхona qayd etilgan: «Biokimyo» AJ, «Yangiyoʻl yogʻ-moy» AJ va «Yangi sifat» MChJ.

 

Joriy yilning oхiriga qadar balans saqlovchilarning byudjet va byudjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini qoldiq balans qiymati yoki qarz mavjud boʻlmagan taqdirda keyingi soliq toʻlovlari hisobi-kitobi summasiga kamaytirish sharti bilan ob’yektlarni shahar hokimiyatiga berish moʻljallanmoqda.

 

Berilayotgan ob’yektlarda joylashtiriladigan tadbirkorlik sub’yektlari 10.08.2017 yildagi PQ-3194-son qarorda nazarda tutilgan shartlarda faoliyat yuritadilar. Import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish korхonalarini joylashtirish boʻyicha «Yoʻl хaritalari» 2 oy muddatda tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.09.2019 yildan kuchga kirdi.     

 

Lenara Xikmatova.