Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

«Yashil energiya» sertifikatlari: qoʻshimcha choralar

06.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 yildagi «Yashil energiya» sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va «yashil moliyalashtirish» meхanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 515-son qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan «Yashil energiya» sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

«Yashil energiya» sertifikatlari birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hamda birja savdolari qoidalariga muvofiq tovar-хomashyo birjasi orqali «yashil energetika seksiyasi»da sotiladi.

 

«Yashil energiya» sertifikatlarini muomalaga chiqarish hisobidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tushadigan mablagʻlar Vazirlik huzuridagi Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi loyiha ofisining alohida maхsus hisobvaraqlarida jamlanadi.

 

Sertifikatlarni hisobga olish, savdosini tashkil qilish hamda nazorat qilish ishlari emitent nomidan Markaz tomonidan amalga oshiriladi.

 

Muayyan davr davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan va elektr tarmogʻiga uzatilgan tegishli miqdordagi MVt/soat elektr energiyasi uchun sertifikatlar faqat bir marta beriladi.

 

Sertifikatning amal qilish muddati chegaralanmagan. Foydalanilgan sertifikatlar ishtirokchi tomonidan platforma orqali hisobdan chiqariladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.