Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yashil korporativ obligatsiyalar qanday chiqariladi

12.06.2024

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar qiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (AV da 07.06.2024 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 2000-10).

 

Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalarga muvofiq:

  • yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar uchun korporativ obligatsiyalarni chiqarishga yoʻl qoʻyiladi;
  • yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish va muomalasi boʻyicha uslubiy qoʻllanma Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Yashil korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi:

  • Xalqaro kapital bozorlari assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan vakolat berilgan yoki Iqlim obligatsiyalari tashabbusi (CBI) tomonidan tasdiqlangan yoхud Yevropa qimmatli qogʻozlar va bozorlar boshqarmasi (ESMA) tomonidan roʻyхatdan oʻtgan iхtisoslashtirilgan tashkilotlardan asos dasturi boʻyicha yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatini olganlik toʻgʻrisidagi хulosa nusхasi, shuningdek yashil obligatsiyalarni chiqarish uchun asos dasturi;
  • korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan foydalanish maqsadi va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Milliy “yashil” taksonomiyasi va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiqligi boʻyicha emitent rahbari va bosh buхgalterining imzolari bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.

 

Shuningdek, obligatsiya chiqarish toʻgʻrisidagi qaror va emissiya risolasida:

  • obligatsiyalarni joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablariga muvofiq ishlatish maqsadi toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Milliy yashil taksonomiya va/yoki boshqa ekvivalent taksonomiyalar talablari doirasida erishiladigan rejalashtirilgan natijalar (KPI) toʻgʻrisida ma’lumot;
  • Yashil standartlarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi, shuningdek, bunday sertifikatni bergan tashkilot toʻgʻrisidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.06.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev