Bu 29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son Qonun va Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarorida nazarda tutilgan.
Eslatib oʻtamiz, yagona soliq toʻlovi (YaST) jami umumbelgilangan soliqlar va majburiy ajratmalarning oʻrniga toʻlanadi (SKning 349-moddasida keltirilganlar bundan mustasno).
2017 yilgacha YaST toʻlovchilar yer soligʻini toʻlamas edilar.
Bunda YaST toʻlovchilar (alohida toifadan tashqari) egallab turgan yer uchastkasi maydonidan kelib chiqib hisoblanadigan yer soligʻining uch karra miqdoridan kam boʻlmagan YaST toʻlashlari shart.
1.04.2018 yildan boshlab mulk, egalik, foydalanish yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan YaST toʻlovchilari uchun belgilangan eng yuqori miqdordan oshadigan maydondan yer soligʻini toʻlash majburiyati joriy etildi.
Bu - muhim! Yer soligʻini 1 gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkalariga ega boʻlgan YaST toʻlovchilar toʻlashlari darkor boʻladi.
Bir vaqtning oʻzida bunday soliq toʻlovchilar uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi bekor qilinadi. Mazkur tartib haqida batafsil – bu yerda.
Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilar tomonidan yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom bir oy muddat ichida Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Muzaffar Mirzagʻaniyev.