Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yigʻim qayta hisob-kitob qilinmaydi

29.12.2016

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar  kiritildi.

SKdan 347-moddasining 5-qismi chiqarib tashlandi. Unga koʻra soliq organlari tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan yil mobaynida EKIH miqdori oʻzgargan taqdirda aniqlashtirilgan hisob-kitob taqdim etish va boʻnak tariqasida toʻlangan yigʻimlardagi farq summasini toʻlab berishni talab etishardi.

 

Endi tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi хizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimni toʻlash yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori oʻzgargan taqdirda soliq хodimlariga aniqlashtirilgan hisob-kitob taqdim etish va farq summasini toʻlash talab etilmaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Muzaffar Mirzaaniyev,

ekspertimiz. 

 

Mavzuga oid material:


Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi