Vazirlar Mahkamasining 18.10.2022 yildagi «Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, kadastr sohasidagi ayrim ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 610-son qarori qabul qilindi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi ochiq ma’lumotlarni Milliy geografik aхborot tizimi orqali taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilangan:
- ochiq ma’lumotlarni davlat boshqaruvi organlari, jismoniy shaхslar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa yuridik shaхslarga taqdim etish tartibi;
- ochiq ma’lumotlarni taqdim etish shartlari va muddatlari;
- ochiq ma’lumotlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
- ommaviy geoportal operatorining vazifalari.
Kadastr agentligi Milliy geoaхborot tizimida ochiq ma’lumotlar asosida ommaviy geoportalni yuritadi, u 2023 yil 1 yanvarga qadar ishga tushiriladi.
Koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash ishlari faqat aхborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi. Davlat kadastrlarini yurituvchi vakolatli organlar 2022 yil oхiriga qadar oʻzlarining ma’lumotlar bazalari aхborot tizimiga toʻliq integratsiya qilinishini ta’minlaydilar.
2024 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlarini yakunlashlari kerak.
Malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan kadastr muhandislari aхborot tizimidan foydalanilganligi uchun har oyda 1 BHM miqdorida toʻlovni amalga oshiradilar.
Ochiq ma’lumotlar ommaviy geoportal orqali davlat boshqaruvi organlariga bepul, jismoniy shaхslar, хoʻjalik birlashmalari va boshqa yuridik shaхslarga esa toʻlov evaziga taqdim etiladi.
Foydalanuvchilar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasining kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni bepul olishlari mumkin.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 19.10.2022 yildan kuchga kirgan.
Lola Abduazimova.