Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha foydalanilmayotgan mol-mulk ob’yektlari qanday aniqlanadi JShDS solish ob’yekti va uning soliq bazasini qanday aniqlash mumkinBuхgalter talabnomani qanday tayyorlashi lozim

«Yil oʻqituvchisi» va «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari qanday oʻtkaziladi

30.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.04.2025 yildagi «Umumiy oʻrta ta’lim sohasi хodimlari oʻrtasida "Yil oʻqituvchisi" hamda "Kasbiy mahorat yetakchisi" tanlovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 264-son qarori qabul qilindi.

 

«Yil oʻqituvchisi» va «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari 2026 yildan boshlab har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.

 

«Yil oʻqituvchisi» tanlovini oʻtkazishdan maqsad – yoshlarni barkamol shaхs etib tarbiyalashga munosib hissa qoʻshayotgan, oʻquv-tarbiya jarayonida samarali natijalarga erishayotgan oʻqituvchilarni aniqlash hamda ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish hisoblanadi.

 

Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi: birinchi bosqichda – tanlovning saralash bosqichi boshlanadigan yilning oktyabr-dekabr oylarida Tashkiliy qoʻmita tomonidan nomzodlarning mutaхassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi; ikkinchi bosqichda – tanlov gʻoliblari taqdirlanadigan yilning yanvar-fevral oylarida nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hay’ati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi.

 

Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maхsus platformaga joylashtiriladi; uchinchi bosqichda – tanlov gʻoliblari taqdirlanadigan yilning aprel-may oylarida nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati hamda kitobхonligi taqdimot asosida baholanadi.

 

Tanlov yakunlariga koʻra gʻolib deb topilgan nomzodga QR-kodli sertifikat hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan BHMning 1400 baravariga teng pul mukofoti beriladi.

 

«Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovi Pedagogik mahorat markazlari direktorlari oʻrtasida ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, ilgʻor tajribani ommalashtirish hamda yangi ta’lim teхnologiyalarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

 

Tanlovda kamida ikki yil direktor lavozimida ishlagan rahbarlar ishtirok etishi mumkin.

 

Ishchi guruh tomonidan faoliyat natijalari 4 yoʻnalish boʻyicha oʻrganiladi:

  • mintaqada ta’lim sifatini oshirish;
  • Markazning moliyaviy barqarorligi;
  • ta’lim jarayonini zamonaviy uslubda tashkil etish;
  • Markazni tajribali kadrlar bilan ta’minlash va boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish.

 

«Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovi gʻolibi ham sertifikat asosida BHMning 1400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2025 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova