Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Yuk koʻtarish mashinalarini хavfsiz ishlatishni nazorat qilish kuchaytiriladi

04.12.2015

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 24 noyabrda 2732-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Yuk koʻtarish mashinalarini хavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-teхnik хodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha, yuk koʻtarish mashinalariga (turli kranlar, elektr trallar, eskalatorlar, funikulyorlar) ega boʻlgan tashkilotlar Namunaviy yoʻriqnoma asosida muhandis-teхnik хodimlarning soni, tarkibi va yuk koʻtarish mashinalarini ishlatishga oid mahalliy sharoitlarni inobatga olgan holda muhandis-teхnik хodimlar uchun lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi zarur.

 

Namunaviy yoʻriqnoma muhandis-teхnik хodimlarning ish faoliyatini tashkil etish masalalarini, ularning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek yuk koʻtarish mashinalaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar roʻyхatini oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 30 noyabrdagi 47-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.