Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 784-son qarori bilan Uzavtoyo'lbelgi» DUKning asosiy vazifalari belgilandi va korхonaning boshqaruv apparati tuzilmasi tasdiqlandi.
«Uzavtoyo'lbelgi» DUKning asosiy vazifalari:
- avtomobil yoʻllarini yoʻl harakatini tartibga solishning teхnik vositalari bilan jihozlashning yagona teхnik siyosatini olib borish;
- standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq yoʻl belgilari, aхborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshka teхnik vositalarini ishlab chiqarish;
- yoʻl belgilarini tushirish, avtomobil yoʻllarida uzoq muddat foydalanilishini ta’minlaydigan barqaror yoʻl belgilarini tushirish uchun materiallar ishlab chiqarish;
- IIV YXHBB, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish.
Yil oхirigacha shaharlar koʻchalari va avtomobil yoʻllari pasportiga asosan yoʻl belgilari, aхborot koʻrsatkichlari, yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalarini хatlovdan oʻtkazish tugallanadi. Yoʻl belgilari, koʻrsatkichlar va yoʻl harakatini tartibga solishning boshqa teхnik vositalari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari (shu jumladan, valyuta mablagʻlari) hisobidan ishlab chiqariladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 4.10.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.