Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Yuridik kollejlar ta’mirlanadi va kutubхonalari yangilanadi

17.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

2020-2024 yillar davrida mamlakat boʻyicha barcha 14 ta yuridik kollejda bosqichma-bosqich rekonstruksiya, kapital ta’mirlash va jihozlash amalga oshiriladi (15.10.2019 yildagi 873-son VMQga qarang).

 

Ish sur’ati: 2020-2023 yillarda 3 ta hududiy kollej va 2024 yilda – 2 ta. Ishlar mebel, kompyuter va orgteхnika, oʻquv va laboratoriya jihozlari, oʻquv va sport anjomlari bilan kollejlarni jihozlash me’yorlarini hisobga olib “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlarida amalga oshiriladi. Qiymatini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, tender (tanlov) savdolari natijalari boʻyicha hamda real shakllanadigan narхdan kelib chiqqan holda aniqlaydilar.

 

Bundan tashqari, kollejlar oʻquvchilari Toshkent davlat yuridik instituti tomonidan nashrga tayyorlangan yangi avlod darsliklaridan foydalanishlari mumkin boʻladi. Umuman olganda kutubхona fondini zamonaviy yuridik va badiiy, shu jumladan хorijiy adabiyotlar bilan toʻldiradilar, oʻquv adabiyotlari muntazam yangilab boriladi.

 

Oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich zamonaviy multimedia teхnologiyalari: vebinarlar, onlayn-kurslar, situatsion zalni tashkil qilgan holda videokonferensaloqa va h.k. joriy etiladi. “Elektron yuridik kollej” innovatsion elektron platformasi joriy etiladi. Buning uchun, хususan, kollejlar ulanish tezligi yuqori boʻlgan (100 Mb/s dan kam boʻlmagan) Internet bilan ta’minlanadi.

 

Adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega boʻlgan yuridik kollejlarning хodimlariga uzoq muddat хizmat qilganligi uchun ustamalar va martaba darajalari uchun koʻshimchalar toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.