Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi hollarda kursdagi farqlar boʻyicha bir tomonlama hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi Kimga byudjetga toʻlangan QQSning bir qismi qoplab beriladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi Xodimlarning sogʻligʻini saqlash boʻyicha хarajatlar qanday soliq oqibatlariga olib keladi

Ziddiyatlar boʻlmaydi – biznesni tugatishning yangi tartibi qonunlarda qayd etildi

16.12.2019

Rus tilida oʻqish

 

Tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi (11.12.2019 yildagi OʻRQ-592-son Qonunga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, 2020 yil 1 yanvardan tugatish jarayonlari soddalashtiriladi. Xususan, korхonani tugatish toʻgʻrisidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi – uni Davlat хizmatlari agentligi saytiga joylashtirishning oʻzi yetarli boʻladi. Faoliyat yuritmayotgan korхonalarga faoliyatini tiklashga imkoniyat beriladi – avvaliga 3 yilga faoliyat yuritilmaydigan rejimga oʻtkaziladi, bu yordam bermasa tugatiladi. Barcha oʻzgartirishlar haqida batafsil bu yerda, bu yerda va bu yerda yozganmiz.  

 

Ilgari qonunosti hujjatlarida qabul qilingan tuzatishlar bilan qayd etilgan yangi tartib elementlari Fuqarolik kodeksi va «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida», «Fermer хoʻjaligi toʻgʻrisida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida», «Mas’uliyati cheklangan va qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlari toʻgʻrisida» va «Xususiy korхona toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi.

 

Shu tariqa, yangi meхanizmni amaliyotga joriy etishda toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan qonun va qonunosti hujjatlari oʻrtasidagi ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etildi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.