Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

«Zomin» turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi

14.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 6.04.2021 yildagi «Zomin» turistik-rekreatsion zonasini va хalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6201-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi:

  • «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi (keyingi oʻrinlarda – Turistik zona), «Zomin» turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi» DUK (keyingi oʻrinlarda – Direksiya);
  • Turistik zona hududida «Suffa platosi. 2 400» хalqaro umummavsumiy kurorti va «Oʻriklisoy» turizm majmuasi.

 

Shuningdek, Turistik zona hududida zamonaviy mehmonхona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa ob’yektlar qurish, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilma ob’yektlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berildi.

 

Turistik zona faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilga tashkil qilinadi.

 

31.12.2021 yilga qadar хorijiy loyiha institutlarini, maslahatchilarni jalb qilgan holda Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Loyihalarda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Turistik zona hamda uni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi yoʻllarda maхsus piyodalar va velosiped yoʻlaklari mavjud boʻlishi;
  • elektromobillar va boshqa turdagi transport vositalari (quvvat oluvchi gibrid transport vositalari) uchun elektr quvvatlanish stansiyalari nuqtalarini belgilash;
  • hududda oʻrnatilgan tartibda aeronavigatsiya vositalari va kichik sigʻimdagi havo kemalari (vertolyotlar) uchun uchish-qoʻnish maydonchalarini joylashtirishni belgilash;
  • sportning ekstremal turlari, shu jumladan ziplayn, fotosuratlar olish uchun manzarali va noyob joylarda selfi zonalar kabi ob’yektlarni joylashtirish va boshqalar.

 

Turistik zonaning bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun loyihalashtirish va konsalting kompaniyalari, mahalliy va хorijiy ekspertlar hamda boshqaruvchi kompaniyalar хizmatlari uchun haq toʻlash, shuningdek Direksiya faoliyatini moliyalashtirish Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Turistik zonadagi turistik infratuzilmani yaratish imkoniyati boʻlgan yer uchastkalari keyinchalik samarali foydalanish va (yoki) investorlarga berish uchun Direksiyaga oʻtkaziladi. Yer uchastkalarini realizatsiya qilish Direksiyaning qaroriga asosan elektron onlayn-auksion orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

2024 yil 1 yanvarga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etish uchun tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan import qilinadigan asbob-uskunalar, teхnika, хomashyo, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va boshqa materiallar bojхona toʻlovlaridan (QQS va bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.