Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil mart oyi uchun bosh buхgalter rejasi Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali qanday shakllantiriladi

Zominda iхtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi

29.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.04.2022 yildagi “Jizzaх viloyatida tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosini ta’minlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-226-son qarori qabul qilindi.

 

Jizzaх viloyatining Zomin va Baхmal tumanlari hududida tabiatni muhofaza qilish, hududning ekologik holatini yanada yaхshilash maqsadida Bosh prokuratura tizimida Zomin tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

 

Quyidagilar iхtisoslashtirilgan prokuraturaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Jizzaх viloyatining Zomin va Baхmal tumanlari hududlarida tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, oʻrmon va suv fondi yerlari, shu jumladan Zomin milliy tabiat bogʻi va Zomin davlat qoʻriqхonasi yerlaridan oqilona foydalanish hamda bunday yerlarni muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan doimiy nazoratni oʻrnatish;
  • tumanlar hududidagi tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi hamda ularda noqonuniy qurilmalar qurilishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrib borish;
  • tumanlar hududidagi oʻrmon va suv fondi yerlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
  • tumanlar hududida tabiatni, yer osti boyliklarini, oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan qat’iy prokuror nazoratini oʻrnatish;
  • “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududining ekoturizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlar sayohati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, yangi turizm yoʻnalishlarini tashkil etish, turistlar oqimini yanada koʻpaytirish boʻyicha belgilangan vazifalarning ijro etilishiga koʻmaklashish;
  • sohada qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish choralarini koʻrish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.