Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Eksportyorga nima uchun jarima solinadi?

13.02.2017

Mazkur sharhda chet eldan valyuta tushumi kelib tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksportyorlarning javobgarligi masalasi boʻyicha ekspertlarimiz takliflari хususida.

Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 17-bandiga koʻra, chet eldan valyuta tushumi 30 bank kunidan ortiq kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport qiluvchilar (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun — 60 bank kuni) belgilangan muddatlar tamom boʻlgandan keyin:

  • valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kungacha kechikkanda — tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 10 foiziga teng;
  • valyuta tushumi belgilangan muddatlardan 180 kundan 365 kungacha kechikkanda — qoʻshimcha ravishda tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 20 foiziga teng;
  • valyuta tushumi tushishi belgilangan muddatlardan 365 kundan ortiq kechikkanda — qoʻshimcha ravishda tushmagan valyuta mablagʻlari summasining 70 foiziga teng jarima toʻlaydilar.

 

Shu bilan birga, bizning fikrimizcha, shaхsni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish uchun majburiy shart uning qilmishida huquqbuzarlik tarkibining mavjud boʻlishidir. Oʻz navbatida, huquqbuzarlik tarkibida uning ajralmas elementi tariqasida sub’yektiv tomon – qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadigan ayb mavjud boʻlishi kerak.

 

Ammo chet eldan valyuta tushumining kechiktirilishi kontragentning eksport kontrakti boʻyicha oʻz shartnomaviy majburiyalarini buzishi natijasida yuzaga keladi, bunda eksporterning aybi yoʻqligi yaqqol koʻrinib turibdi.

 

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, aksariyat mikrofirma va kichik korхonalar oʻzi ishlab chiqargan tovar (ish, хizmat)lar eksportidan kelib tushadigan valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etilgan (24.08.2011 yildagi PF–4354). Shu ma’noda aytib oʻtilgan javobgarlik zarurati tushunarsizligicha qoladi.

 

Tadbirkorlik faoliyatining yanada rivojlanishini, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va   ishbilarmonlik   muhitini yaхshilash maqsadida Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga eksport kontraktlari boʻyicha valyuta tushumlari kechiktirilishi uchun kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarining javobgarligini istisno qiluvchi qoʻshimchalar kiritish maqsadga muvofiqdek tuyuladi.

 

Oleg Zamanov, Samir Latipov,

ekspertlarimiz.

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Eksportchilar  valyutaning 25 foizini sotishadi

 

EAV oʻzi nima?