Advokatlik byurosi - advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlik firmasi - sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlar hay’ati - a’zolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan ta’sis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Yuridik maslahatхona - advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.