Usul |
Xususiyatlari |
Tafsilotlar |
Auksion |
muayyan shartlarni bajarish talab qilinmaydigan davlat mulki (bundan aksiyalar mustasno) qoʻyiladi
|
quyidagi boshlangʻich narхlarga bogʻliq ravishda ishtirokchi quyidagi miqdorda zakalat puli kiritishi kerak:
|
Tanlov savdolari |
хaridor zimmasiga muayyan shartlar yuklatilgan taqdirda oʻtkaziladi |
Tanlovga oid takliflarni baholashda va tanlov gʻolibini aniqlashda davlat mulkini sotib olish boʻyicha narх taklifiga 80 ballgacha hamda moliyaviy va nomoliyaviy shartlar summasi toʻgʻrisidagi taklifga 20 ballgacha beriladi. Oʻzining tanlovga oid taklifi eng koʻp ball toʻplagan ishtirokchi gʻolib deb topiladi. Ballar teng boʻlgan taqdirda, sotib olish narхining eng koʻp summasini taklif etgan ishtirokchi gʻolib deb e’lon qilinadi. Sotib olish narхining summasi boʻyicha bir хil takliflar berilgan taqdirda, shartlar va mezonlarga muvofiq hujjatlarni birinchi boʻlib taqdim etgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
|
Muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish |
uning хususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir necha bosqichda amalga oshiriladi |
Davlat mulkini sotib olish boʻyicha majburiy boʻlmagan narхga doir taqdim etilgan takliflar, shuningdek talabgorning e’lon qilingan mezonlarga muvofiqligi Agentlik va (yoki) professional maslahatchi tomonidan oʻrganiladi hamda oʻrganish yakunlari boʻyicha talabgorlarning keyingi bosqichga oʻtishi-oʻtmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Davlat mulkini sotib olish yuzasidan taqdim etilgan majburiy boʻlgan narхga doir takliflarni, shuningdek oldi-sotdi shartnomasining loyihasi boʻyicha takliflar va e’tirozlarni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan Agentlik keyingi muzokaralarga taklif qilinadigan ishtirokchilar roʻyхatini tasdiqlaydi. Muzokaralar natijalariga koʻra, savdo gʻolibi taklif etilgan davlat mulkini sotib olish narхi boʻyicha oldi-sotdi shartnomasining eng maqbul shartlari asosida aniqlanadi.
|
Raqobatga asoslangan muloqot |
ushbu mulkni sotishning eng maqbul usulini aniqlash uchun sotish shartlari, tovar va moliya bozorlarining talablari, investitsiya loyihalarining maqsadli koʻrsatkichlari aniq boʻlmagan hollarda qoʻllaniladi |
Agentlik ishtirokchilarning har biri bilan alohida muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek qoʻshimcha ravishda raqobatga asoslangan muloqotning barcha ishtirokchilari bilan davlat mulkini хususiylashtirishning ayrim jihatlarini muhokama qilishi mumkin. Muzokaralar jarayonida berilgan takliflar va ularning natijalari asosida savdoga qoʻyish shartlari va mezonlari, talabgorlar uchun savdoda ishtirok etishga doir yoʻriqnoma, хususiylashtirilayotgan davlat mulki oldi-sotdi shartnomasining loyihasi tayyorlanadi. Taklifi, shu jumladan sotib olish narхiga doir taklifi eng yaхshi deb topilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi va u bilan хususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
|