Litsenziya olish uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqarolik pasportining ma’lumotlari koʻrsatiladi;
fuqarolik pasportining nusхasi;
oliy yuridik ma’lumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusхasi;
mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusхasi;
talabgor toʻgʻrisidagi ma’lumotlardan iborat boʻlgan shaхsiy varaqa;
malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisidagi malaka komissiyasining qarori;
talabgor tomonidan uning arizasini adliya organi koʻrib chiqishi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.