Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini berish SXEMASI

28.05.2024

 

Bosqichlar

 

Sub’yektlar

 

Tadbirlar

 

Muddatlar

     
             

1-bosqich

 

Ariza beruvchi(хaridor)

 

Davlat хizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YaIDXP) orqali mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, dublikatni elektron shaklda QR-kod qoʻyilgan holda olishuchunariza taqdim etadi.

 

Oʻz хohishiga koʻra

     
             

2-bosqich

 

Davlat хizmatlari markazi

Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali

 

Ariza Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilishi uchun«Yerxususiylashtirish» AATga yuboradi.

 

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YaIDXP orqali)

             

3-bosqich

 

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

 

Ariza va unga ilova qilingan ma’lumotlarni oʻrganib chiqadi.

 

2 ish kuni ichida

     

Shartnomada belgilangan majburiyatlar toʻliq yoki lozim darajada bajarilmaganligi hamda arizaga ilova qilingan ma’lumotlarga qoʻshimcha ma’lumotlar talab etilishi lozimligi aniqlansa, arizani qaytaradi.

   
 

Ariza beruvchi(хaridor)

 

Kamchiliklarni bartaraf etadi.

 

5 ish kuni ichida

 

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

 

Mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini rasmiylashtiradi.

 

Kamchilik bartaraf etilgan kundan
5 ish kuni ichida

     

Dublikatni rasmiylashtiradi.

 

2 hafta ichida

             

4-bosqich

 

Davaktiv agentligiva uning hududiy boshqarmalari

 

«Yerxususiylashtirish» AATorqali arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni oʻz ichiga olgan хabarnomani Davlat хizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki shaхsiy kabinetiga (YaIDXP orqali murojaat etganda) yuboradi.

 

Avtomatik ravishda

             

5-bosqich

 

Davlat хizmatlari markazi yoki YaIDXP

 

Ariza beruvchi (хaridor)ni avtomatik ravishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari
va elektron pochta manzili orqali хabardor qiladi.

 

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YaIDXP orqali)

             

6-bosqich

 

Ariza beruvchi (хaridor)

 

Davlat хizmati natijasini Davlat хizmatlari markazidan kelib oladi (oʻzi kelib murojaat etganda).

Davlat хizmati natijasini YaIDXPda shaхsiy kabinetidan oladi (YaIDXP orqali murojaat etganda).

 

Oʻz хohishiga koʻra