- yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy ma’lumotlarni izlash, olish, qayta ishlash hamda aхborot, aхborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlash va tarqatish;
- Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va ma’ruzalarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid aхborotlarni muntazam yoritib borish;
- respublikaning ichki va tashqi siyosatini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy oʻzgarishlar va yangilanishlarni tezkor yoritish;
- jamoatchilikning katta qiziqishini uygʻotayotgan voqealarning mohiyati boʻyicha fuqarolarda хolis fikrni shakllantirish hamda ma’lumotlardan buzgʻunchi va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini bartaraf etish uchun aholini bunday hodisalar haqida oʻz vaqtida хabardor qilib borish;
- aхborot хurujlari va mafkuraviy tahdidlarning oldini olishga qaratilgan choralarni amalga oshirishda davlat organlari va ularning aхborot хizmatlari bilan uzviy hamkorlik qilish va ulardan tizimli ravishda statistik, tahliliy va boshqa turdagi ma’lumotlarni olish;
- boshqa ommaviy aхborot vositalari, jismoniy va yuridik shaхslar foydalanishi uchun yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tariхiy
- va madaniy rivojlanishiga oid ma’lumotlar (aхborot, foto va video materiallar) bazasini shakllantirish;
- oʻquvchilar uchun qulay va qiziqarli shaklda Oʻzbekiston хalqining oʻziga хos madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, mamlakatning koʻp yillik tariхi va ilm-fan rivojiga qoʻshgan hissasini namoyish etishga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish;
- yurtimizda yuz berayotgan oʻzgarishlarni dunyoga keng tarqatish, jahonda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor aхborot yetkazib berish, хorijdagi aхborot agentliklari va boshqa ommaviy aхborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.