DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASINING
QARORI
2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 1 dekabrda roʻyхatdan oʻtkazildi, roʻyхat raqami 2843
Oʻzbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi toʻgʻrisida»gi Qonunining 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 8 yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. 2017 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllari 1 — 115-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2015 yil 2 noyabrdagi 4-mb-son «2016 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori (roʻyхat raqami 2728, 2015 yil 13 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015 y., 45-son, 583-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2016 yil 5 may 2-mb-son «2016 yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida»gi qarori (roʻyхat raqami 2728-1, 2016 yil 12 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 19-son, 220-modda).
3. Ushbu qaror 2017 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. TURAYeV
Toshkent sh.,
2016 yil 1 noyabr,
3-mb-son