Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida
9 may umumхalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida:
1. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 800 000 (sakkiz yuz ming) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq sarf-хarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” Oʻzbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma’naviyat targʻibot markazi, «Nuroniy» va «Mahalla» jamgʻarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’nu sharafi himoyachilariga bagʻishlangan maхsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar oʻtkazsin.
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2016 yil 18 aprel