LOYIHA
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi 223-I-son Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi OʻRQ-370-son Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 19-son, 210-modda; 2015 y., 33-son, 439-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha aksiyalar e’lon qilingan jamiyat ustavida belgilangan aksiyalarning soni doirasidagina jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi va jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoхud aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli boʻlsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarorda joylashtiriladigan qoʻshimcha oddiy aksiyalarning va imtiyozli aksiyalarning soni, ularni joylashtirish muddatlari va shartlari belgilangan boʻlishi kerak.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Bunda jamiyat ustavida koʻrsatilgan e’lon qilingan muayyan turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning soniga qisqartirilishi kerak.
Jamiyatning tegishli boshqaruv organi tomonidan qabul qilingan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish haqidagi qaror jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qarordir.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish jalb qilingan investitsiyalar, jamiyatning oʻz kapitali va hisoblangan dividendlar hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) uning oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi turdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha turdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) koʻpaytirilishi natijasida koʻpaytirish summasining bitta aksiyaning nominal qiymatiga muvofiqligi ta’minlanmaydigan boʻlsa, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi.»;
2) 25-moddaning 3-qismi «qabul qilinadi» degan soʻzlardan keyin
«, bundan qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish natijasida ularning sonini qisqartirish bilan bogʻliq oʻzgartishlar mustasno.» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 4-bob nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Jamiyatning aksiyalarini va boshqa qimmatli qogʻozlarini joylashtirish hamda olish»;
4) 40-modda:
moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«40-modda. Aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyalarni olish»;
uchinchi qismdagi «baholashni va» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
«Aksiyadorlardan biri tomonidan jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi sotib olinayotganda boshqa aksiyadorlar oʻzlarining unga bozor qiymati boʻyicha belgilangan tartibda sotish huquqiga ega.»;
5) 51-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
«Jamiyat tomonidan oddiy aksiyalarga hisoblangan dividendlarni toʻlash aksiyadorlar dividendlarni olishda teng huquqga egaligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.»;
ikkinchi-oltinchi qismlar tegishincha uchinchi-yettinchi qismlar deb hisoblansin;
6) 59-moddaning uchinchi qismi ikkinchi hatboshisi «, shu jumladan jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish natijasida e’lon qilingan aksiyalarning sonini qisqartirish bilan bogʻliq oʻzgartishlar;»
7) 60-modda:
toʻrtinchi qismidagi «хatboshilarida hamda 84-moddasining ikkinchi
va uchinchi qismlarida» soʻzlar «хatboshilarida, 84-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida hamda 88-moddasining beshinchi qismida» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
«Soliq va davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushini shakllantirish yoki uni oshirish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.»;
beshinchi-toʻqqizinchi qismlar tegishincha oltinchi-oʻninchi qismlar deb hisoblansin;
8) 75-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi hatboshisi «bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar» degan soʻzlardan keyin «, shu jumladan, jamiyatning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish natijasida e’lon qilingan aksiyalarning sonini qisqartirish bilan bogʻliq oʻzgartishlar» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
9) 81-moddaning uchinchi qismi «, ushbu Qonunning 90-moddasida belgilangan hollar bundan mustasno. » degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti