Loyiha
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan ____________ qabul qilingan
Senat tomonidan ___________ ma’qullangan
1-modda. 1994 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan 2012-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda, , № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda; 2001 yil, № 1-2, 23 -modda, № 9-10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2,
18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417,
418-moddalar; 2006 yil № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158,166-moddalar, № 6, 248-modda; № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487,
488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470 -modda; 2010 yil, № 5, 176,
179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda; № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9,
244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda,) quyidagi mazmundagi 2631 – modda bilan toʻldirilsin:
"2631-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida halaqit berish
Havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali havo kemasidan foydalanish vaqtida halaqit berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, -
eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmish, ehtiyotsizlik orqasida odam oʻlishiga sabab boʻlsa,—
uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmishlar:
a) odamlar oʻlimiga;
b) halokatga sabab boʻlsa, -
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".
2-modda. 1994 yil 22 sentyabrda tasdiqlangan 2015-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 3; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126 -modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda,
№ 9, 229-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004 yil, № 1-2,
18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335,
337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104,
105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10,
263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341,
343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda,) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi "61" raqamidan keyin "1161" raqami bilan toʻldirilsin;
2) quyidagi mazmundagi 1161 – modda bilan toʻldirilsin:
"1161-modda. Havo kemasidan foydalanish vaqtida halaqit berish
Havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali havo kemasidan foydalanish vaqtida halaqit berish,-
ushbu huquqbuzarliklarni sodir etish asboblari va buyumlarini musodara qilgan holda eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";
3) 245-moddaning birinchi qismidagi "112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida)" degan soʻzlardan keyin "1161-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 247-moddasidagi "61" raqamidan keyin "1161" raqami bilan toʻldirilsin;
5) 287-moddaning 1-bandidagi "116" raqamidan keyin "1161" raqami bilan toʻldirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov