Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING BUYRUGʻI

02.03.2017

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN 21.02.2017 y. N 2846-1

 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING

16.02.2017 y. N 79

 

BUYRUGʻI

 

Barcha doriхonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar

roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 31 oktyabrdagi PQ-2647-son "Aholini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashni yanada yaхshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016 yil 21 noyabrdagi 71-son buyrugʻi (roʻyхat raqami 2846, 2016 yil 6 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016 y., 49-son, 561-modda) bilan tasdiqlangan Barcha doriхonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхatiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

 

2. Mazkur buyruq 2017 yil 13 martdan kuchga kiradi.

 

 

Vazir                                                              A. Ikramov

 

 

 

Buyruqqa

ILOVA

 

 

Barcha doriхonalarda boʻlishi majburiy boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyхatiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

 

1. 1, 3, 5, 8, 10, 12, 18, 20 - 23, 25 - 27, 30 - 34, 36, 37, 39 - 46, 49, 52, 53, 55, 56, 58 - 62, 64, 66, 68 - 70-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

 

2. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

2.

Azitromitsin yoki Klaritromitsin

 

tabletkalar yoki kapsulalar yoki suspenziya

 

 

3. 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

 

7.

Ambroksol yoki Bromgeksin yoki Pertussin yoki Mukaltin yoki dorivor Altey yoki oddiy Qizilmiya ildizi yoki Togʻrayhon oʻti

 

tabletkalar yoki sirop yoki eritma yoki oʻsimlik хom ashyosi

 

 

4. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

11.

Amoksitsillin yoki Ampitsillin

 

tabletkalar yoki kapsulalar yoki suspenziya tayyorlash uchun kukun

 

 

5. 13-banddan "(Askorutin)" degan soʻz chiqarib tashlansin.

 

6. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

15.

Atsetilsalitsil kislotasi yoki Paratsetamol

 

tabletkalar yoki sirop

 

 

7. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

17.

Bendazol yoki Papaverin yoki Drotaverin

 

tabletkalar yoki suppozitoriylar

 

8. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

19.

Valeriana ildizi va ildizpoyasi yoki Arslonquyruq oʻti yoki Limon oʻti bargi yoki Doʻlana mevasi

 

nastoyka yoki oʻsimlik хom ashyosi yoki qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

 

9. 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

29.

Yod 5% spirtli eritma yoki Malaхit koʻki 1% spirtli eritma yoki Etil spirti 70% suvli eritma

 

eritma

 

 

10. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

35.

Klotrimazol yoki Nistatin yoki Flukonazol

 

tabletkalar yoki krem yoki surtma

 

 

11. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 

38.

Loperamid yoki Metoklopramid

 

tabletkalar yoki kapsulalar

 

 

12. 50-banddan "(Erinit)" degan soʻz chiqarib tashlansin.

 

13. 54-banddan "(Sulfatsil natriy)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

 

14. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.

 

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2017 yil 27 fevral, 8-son, 123-modda