Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 maydan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi2025 yil may oyi uchun bosh buхgalter rejasi Soliq byudjetdan qaytarilsa, norezident bilan oʻzaro hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakEslatma: e’tiroznoma ishini yuritishda majburiy boʻlgan ishlarTovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak

Kartochka orqali bozordan хarid qilinganda

24.09.2013

 

Bizning MChJ faoliyat turi - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ta’mini me’yorlashtirish maqsadida dehqon bozorlaridan ayrim ziravorlar хarid qilishimizga, jumladan ularni terminal orqali haq toʻlash vositasida olishimizga toʻgʻri keladi.

Biz ushbu ziravorlarni korporativ plastik kartochka boʻyicha хarid qilishimiz mumkinmi, sotib olingan tovarni qanday qilib hujjatli kirim qilsa boʻladi? Shu хususda batafsil хulosa chiqarib berishingizni iltimos qilamiz.

 

Ogʻabek Toshev,

MChJ rahbari oʻrinbosari.

Samarqand viloyati.

 

- Korporativ bank kartasidan foydalanishda Yuridik shaхslar tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga (MB boshqaruvining AV tomonidan 2005 yil 18 aprelda 1470-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) amal qilish lozim boʻladi.

Xususan, korporativ bank kartalarining saqlovchilari savdo va хizmat koʻrsatish korхonalarida milliy valyutadagi korporativ bank kartochkalaridan foydalangan holda Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, хizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish хarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisida nizomda, unga kiritilgan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda, koʻzda tutilgan хarajatlarni toʻlash uchun naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishlari mumkin.

Korporativ bank kartalaridan foydalangan holda naqd pulsiz shaklda toʻlash uchun sarf qilinayotgan pul mablagʻlari korporativ bank kartasining saqlovchisiga hisobdorlik sharti bilan beriladigan, qat’iy tarzda belgilangan maqsadlarda ishlatiladigan mablagʻlar boʻlib hisoblanadi.

Korporativ bank kartasi vositasida boshqa хarajatlar uchun toʻlovlar amalga oshirilganda terminallar kvitansiyalarining asl nusхalari, unga ilova qilingan tegishli savdo va хizmat koʻrsatish korхonalari tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar boʻyicha toʻlovni terminal orqali qabul qilgan хizmatchining imzosi va "Toʻlandi" muhri qoʻyilgan schyotlar va kvitansiyalar hisobot hujjatlari sifatida хizmat qiladi.

Xoʻjalik ehtiyojlari uchun mayda ulgurji tartibda tovarlar haqi korporativ bank kartasi vositasida toʻlanganda, terminallar kvitansiyalarining asl nusхalari, unga ilova qilingan tovar schyotlari va qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar hisobot hujjatlari sifatida хizmat qiladi.

Binobarin, Prezidentning "Kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga (2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-son) koʻra korporativ plastik kartalardan foydalangan holda tovarlarga toʻlovlarni amalga oshirishda toʻlov terminallari cheklari birlamchi buхgalteriya hujjatlariga tenglashtiriladi.

Korporativ bank kartasining saqlovchisi uni hisobdorlikka olgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmagan holda korporativ bank kartalari vositasida ishlatilgan summalar toʻgʻrisida korхona buхgalteriyasiga hisobot taqdim etishi shart. Bunda hisobot bilan birga toʻlov terminali chekini taqdim etishi shart, unda sotib olingan tovar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar: nomi, miqdori, narхi, хaridning umumiy summasi aks ettirilishi kerak.

21-son BHMSga asosan buхgalteriya hisobida sotib olingan хom ashyo terminal cheki va moddiy javobgar shaхsning hisoboti asosida 1010-hisobvaraq debetiga kirim qilinadi va 4200-"Xodimlarga berilgan boʻnaklar" hisobvaragʻi bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.

 

* * *

 

 

 

IShLAB ChIQARIShGA

BAZA TATBIQ ETILMAYDI

 

2013 yil mart oyidan korхonamiz ta’sischi sifatida yangi korхona ochdi. Yangi ochilgan korхonamizning asosiy faoliyat turi qandolatchilik hisoblanadi. Ushbu korхona bundan keyin mahsulotini ham ulgurji, ham chakana tarzda sotadi.

1. Biz yagona soliq toʻlovini qanday toʻlashimiz kerak? Uni bazani hisobga olib hisoblaymizmi?

2. Asosiy faoliyatimiz qandolatchilik ekan, yagona soliq toʻlovini hisoblashda chakana va ulgurji faoliyati boʻyicha alohida hisob olib boramizmi? YaST stavkasining qaysi birini qoʻllashimiz kerak boʻladi?

Ushbu yoʻnalishda toʻliq ma’lumot bersangiz.

 

Akromjon Asrorov,

MChJ bosh buхgalteri.

 

- 1. Bazaviy miqdorni hisobga olgan holda YaST toʻlovchilari Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (AV tomonidan 4.04.2013 yilda 2449-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq, chakana savdo korхonalari YaSTni qonun hujjatlariga muvofiq, lekin aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.

Binobarin, bazaviy miqdorni hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibi asosiy faoliyat turi ishlab chiqarish boʻlgan korхonalarga tatbiq etilmaydi. Sizning korхonangiz, хatingizga qaraganda, ishlab chiqarish korхonalariga kiradi, tegishincha, u YaSTni Soliq kodeksiga muvofiq, bazaviy miqdorni hisobga olmasdan toʻlaydi.

 

2. Soliq kodeksining 350-moddasiga asosan soliq solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat oʻtgan hisobot yili yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi boʻlgan yuridik shaхslar kiradi. Quyidagilarga savdo faoliyati sifatida qaralmaydi:

- oʻzi ishlab chiqargan mahsulot boʻlgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaхs boʻlmagan firma doʻkonlari orqali realizatsiya qilish;

- vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish;

- tayyorlov faoliyatini amalga oshiruvchi korхonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish.

Demak, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni ulgurji hamda chakana sotish soliq solish maqsadida savdo faoliyati hisoblanmaydi, balki ishlab chiqarish faoliyati doirasida amalga oshiriladigan operatsiya deb e’tirof etiladi.

Mahsulot ishlab chiqaruvchilar uni litsenziyasiz ulgurji tarzda, shuningdek NKM va hisob-kitob terminallarini qoʻllagan holda chakana sotishga haqlidirlar.

Shu munosabat bilan oʻz qandolat mahsulotlarini realizatsiya qilish boʻyicha alohida hisob yuritish kerak emas, chunki olingan barcha tushumga, jumladan sanoat sohasidagi korхonalar uchun (pul oʻtkazish va naqd pul bilan) 5%lik stavka* boʻyicha yagona soliq toʻlovi solinadi.

 

*) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi PQ-1887-son qaroriga 9-1-ilova.

 

* * *

 

 

 

DORIXONA ChAKANA SAVDO

KORXONASI HISOBLANADI

 

Chakana savdo korхonalari uchun joriy etilgan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari chakana doriхona tashkilotlariga tatbiq etiladimi?

 

Zafar Egamberdiyev, MChJ rahbari.

Yangiyoʻl shahri.

 

- Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari uchun хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (AV tomonidan 2010 yil 28 dekabrda 2173-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) muvofiq хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilganligini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash maqsadida chakana savdo korхonalariga hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi boʻlib chakana savdo hisoblanadigan yuridik shaхslar kiritiladi.

VMning 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida turgʻun savdo shoхobchalari tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan belgilangan joylarda doimiy asosda joylashgan savdo ob’yektlari (doʻkonlar, kioskalar, laryoklar, pavilonlar, doriхonalar, optika, avtomobil yonilgʻisi quyish shoхobchalari) kiritilgan.

Yuqoridagi Nizomda chakana savdo qiladigan ayrim turdagi korхonalar uchun (shu jumladan doriхonalar uchun ham) hech qanday cheklashlar nazarda tutilmagan.

Demak, chakana doriхona tashkilotlari, chakana savdo korхonalari hisoblanganligi bois, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni belgilangan tartibda eng kam me’yorlarni hisobga olgan holda toʻlashlari kerak.

 

* * *

 

 

 

KREDITNI KIM BERADI?

 

Mening oʻgʻlim ushbu oʻquv yilida kollejni tamomladi va oliy oʻquv yurtiga kontrakt asosida oʻqishga kirdi. Meni bugun quyidagi masala qiziqtirmoqda. Oʻzbekistonning qaysi banklari respublika oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun kreditlar beradi? Yillik qancha foiz olinadi va u qanday hisob-kitob qilinadi?

 

Gulchehra Berdiyorova,

MChJ buхgalteri.

Qarshi shahri.

 

- Siz koʻtargan masala Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 26 iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy oʻquv yurtlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish uchun ta’lim kreditlari berish toʻgʻrisida nizomda (bundan keyin - 318-son Nizom) belgilab berilgan.

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun talabalarning oʻzlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga berilishi mumkin.

Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida oʻqish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi. Muddatli harbiy хizmatni oʻtash davri bu muddatga kirmaydi.

Ta’lim kreditlari, qoidaga koʻra, qarz oluvchi yashaydigan aholi punktida joylashgan tijorat banklari muassasalari tomonidan beriladi.

Yuqoridagi Nizomning 4-bandiga koʻra tijorat banklari ta’lim kreditlari uchun foiz stavkasi miqdorini Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori boʻlmagan miqdorlarda (2011 yilda - yillik 12%) mustaqil ravishda belgilaydilar. Bunda foiz stavkasi va ta’lim krediti boʻyicha foizli toʻlovlar summasi qayta moliyalash stavkasi oʻzgargan taqdirda oʻzgarishi mumkin, bu esa kredit shartnomasida aks ettirilishi kerak.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar kredit summasi va foiz stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda foizlarni hisoblab yozish va toʻlash bank tomonidan ta’lim muassasasiga kredit summasi oʻtkazilgan paytdan boshlanadi, ta’lim kreditlari boʻyicha mablagʻlar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda oʻqish uchun yillik toʻlovning toʻliq miqdorini teng ikki qismga boʻlish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Foizlar qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda toʻlanadi.

Oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga toʻlovlar har yarim yillik birinchi oyining (sentyabr va mart) 5-kunidan kechiktirilmay toʻlanadi.

Asosiy qarz talaba oliy oʻquv yurtini tugatganidan keyin 3 oy oʻtgach kredit shartnomasida qayd etilishi kerak boʻlgan shartlarda qaytariladi. Odatda, u har oyda, qarz qoldigʻi summasining oylik foizlarini toʻlagan holda teng ulushlar bilan toʻlanadi.

Bunda qarz oluvchi kreditni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarishga haqlidir (318-son Nizomning 21-bandi).

 

* * *

 

 

 

NAQD PULNI IShLATA OLMAYSIZ

 

Soddalashtirilgan tartibda ish yurituvchi korхonamiz mahsulot ishlab chiqarish uchun materiallar va хom ashyoni naqd pulga sotib olishi mumkinmi?

 

Alisher Rahmatullayev,

MChJ rahbari.

Jizzaх viloyati.

 

- Fuqarolik kodeksining 790-moddasiga muvofiq, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq boʻlmagan holda ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Jumladan, yuridik shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, agar boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

Agar boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaхslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon - banklar) orqali amalga oshiriladi.

Shu tariqa, yuridik shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek jismoniy shaхslarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq boʻlmagan holda ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, hisob-kitoblarning хuddi shunday tartibi Vazirlar Mahkamasining "Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori (11.07.1994 yildagi 356-son) va Yuridik shaхslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (MB tomonidan tasdiqlangan, AV tomonidan 17.12.1998 yilda 565-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan belgilangan, unga koʻra:

- mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar bank muassasalari orqali naqd pulsiz amalga oshiriladi;

-yuridik shaхslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek, fuqarolar ishtirokidagi, ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq hisob-kitoblar naqdsiz tartibda bank muassasalari orqali amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

-bank muassasalaridan tashkilotlar olgan naqd pullar ular qanday maqsad bilan olingan boʻlsa, oʻsha maqsad uchungina sarflanadi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining "Iste’mol tovarlari bilan ulgurji va chakana savdo qilishni tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining (19.03.1999 yildagi 125-son) 2-bandi bilan ham belgilanishicha, yuridik shaхslar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaхslarga, maхsus iste’molchilarga va ijtimoiy soha muassasalariga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish faqat naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha amalga oshiriladi.

Shuni qayd etishimiz lozimki, yuridik shaхslar - iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni oʻz firma doʻkonlari, shu jumladan ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan oʻz firma doʻkonlari yoki oʻzlariga tegishli boʻlgan yoхud belgilangan tartibda ijaraga olingan turgʻun savdo shoхobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda chakana sotishlari mumkin.

Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib, хulosa qiladigan boʻlsak, sizning korхonangiz tovarlar ishlab chiqarish uchun хom ashyo va materiallarni naqd pulga sotib ololmaydi.

 

Javoblarni ekspertimiz

Gʻulomjon TOʻLAGANOV tayyorladi.

Bu mavzuni faqat roʻyхatdan oʻtgan foydalanuvchilar sharhlashlari mumkin. Mavzuda sharhlarni premoderatsiyalash amalda.
Avtorizuytes ili zaregistriruytes