Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Foyda soligʻini kim pasaytirilgan stavkada toʻlashga haqli

22.05.2019

Rus tilida oʻqish

2018 yildan ikkita soliq – foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi birlashtirildi (29.12.2017 yildagi OʻRQ-454-son Qonunning 2-moddasi 2, 32-bandlari).

 

Ilgari ushbu soliqlardan biri boʻyicha vaqtinchalik imtiyozlar berilgan korхonalar 2018 yil 1 yanvardan imtiyozlar amal qilish muddati tugaguncha foyda soligʻini 2 baravar pasaytirilgan stavkada toʻlaydilar (29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarorga 7-ilova izohi).

 

2018 yilda foyda soligʻi stavkasi – 14% (29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarorga 7-ilova). Ikki baravar pasaytirilgan stavka – 7%.

 

Mazkur tartib 2019 yilda ham saqlanib qoldi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarorning 4-bandi). Bu yil foyda soligʻi stavkasi – 12% (Soliq kodeksining 159-1-moddasi). Ikki baravar pasaytirilgan stavka – 6%.

 

Buхgalterlarga qulaylik yaratish maqsadida "Norma"  ekspertlari jadval tayyorladilar:

 

 Foyda soligʻini kim pasaytirilgan stavkada toʻlashga haqli

 

T/r

Imtiyozlarning tavsifi

29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qaror va 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qaror asosida foyda soligʻini pasaytirilgan stavkada toʻlash boʻyicha majburiyat

Sharh

1

2018 yilgacha qabul qilingan normativ hujjatlar asosida foyda soligʻini (FS) yoki obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini (OIRS) toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlar

 

mavjud

Foyda soligʻini pasaytirilgan stavkada toʻlash boʻyicha majburiyat 2018-2019 yillarda tashkil etilgan korхonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi

2

FS va (yoki) OIRSdan ozod qilish koʻrinishidagi doimiy imtiyozlar

mavjud emas

Imtiyozning amal qilish davri belgilanmagan boʻlsa, majburiyat yuzaga kelmaydi

3

FS va OIRS toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlar

mavjud emas

Majburiyat vujudga kelmaydi, sababi imtiyoz ikkala soliqqa tatbiq etilgan

4

2018 yilgacha qabul qilingan, ulardan OIRS chiqarib tashlangan normativ hujjatlar asosida FS va OIRSni toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlar

mavjud emas

Majburiyat vujudga kelmaydi, sababi avvalboshdan imtiyoz ikkala soliqqa tatbiq etilgan

5

2018 yildan qabul qilingan normativ hujjatlar asosida FS toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlar

mavjud emas

Majburiyat yuzaga kelmaydi, sababi imtiyoz soliqlar birlashtirilganidan keyin joriy etilgan

6

2018 yilgacha qabul qilingan normativ hujjatlar asosida norezidentlarga taqdim etilgan FSni toʻlashdan ozod qilish koʻrinishidagi vaqtinchalik imtiyozlar 

mavjud emas

Majburiyat yuzaga kelmaydi, sababi norezidentlar OIRS toʻlovchilari hisoblanmagan

 

Ushbu imtiyozlarni kim qoʻllashga haqli ekanligi haqida buxgalter.uz saytida batafsil oʻqing.

 

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_