Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kartaga oʻtkazmalarni deklaratsiyada aks ettiring

18.11.2016

Yaqinda "Hafta savoli " ruknida e’lon qilingan: «Kartadan kartaga pul oʻtkazish: shartnoma kerakmi, soliq oqibatlari qanday boʻladi?» maqolasi qizgʻin munozaralar markazida qoldi. Shahar soliq boshqarmasining kartadan kartaga pul oʻtkazmalari oluvchilari tomonidan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya topshirilishi zarurligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi bunga sabab boʻldi.

Bu yerda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining bizga yoʻllagan qoʻshimcha tushuntirishini keltirib oʻtamiz:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga koʻra (keyingi oʻrinlarda – SK), deklaratsiya asosida  soliq solinadigan daromadlarga Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:

 

  • mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga toʻlov manbaida soliq solinmagan boʻlsa;
  • fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlari;
  • asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlari;
  • ikki yoki undan koʻp manbadan olingan soliq solinadigan daromadlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
  • soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlari.

 

Agar soliq toʻlovchining asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi uning arizasiga koʻra belgilangan eng yuqori stavka qoʻllanilgan holda ushlab qolingan boʻlsa, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilmaydi, SKning 189-moddasi 1-qismi 6 va 7-хatboshilarida koʻrsatilgan daromadlar bundan mustasno.

 

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaхs daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiyani SKning 192-moddasida nazarda tutilganidek tartibda va muddatlarda taqdim etadi.

 

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, agar jismoniy shaхsda daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish majburiyati paydo boʻlsa, u deklaratsiyada plastik kartaga qabul qilingan pul mablagʻlarini koʻrsatadi.

 

Daromadning yillik summasini hisoblashda koʻrsatilgan summa chegiriladi, chunki u soliq solinmaydigan daromad hisoblanadi.

 

Hujjatni bu yerdan yuklab olish mumkin. 

 

Mavzuga oid material:

 

Deklaratsiyalar qabul qilish uchun soliqchilar ish vaqtlarini uzaytirishdi