Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mustaqillik kunida necha kun dam olamiz

22.08.2019

Rus tilida oʻqish

«Norma» 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasining davomiyligini hisobga olgan holda 2019 yil avgust oхiri – sentyabr boshida dam olinadigan kunlar kalendarini tayyorladi.

 

Eslatib oʻtamiz, rasmiy sana – Mustaqillik kuni munosabati bilan bir necha kun dam olinadi. Dam olish kunlari soni qancha boʻlishi esa ish beruvchi tomonidan belgilangan ish vaqti rejimiga bogʻliq boʻladi.

 

2 sentyabr dushanba kuni – barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni. Haftasiga ikki kunlik dam olish kuni (shanba, yakshanba) bilan 5 kun ishlaydiganlar 7 sentyabr shanba dam olish kuni koʻchirilganligi hisobiga 3 sentyabr seshanba kuni ham dam oladilar, shanba kuni esa ishlab beradilar. Shu tariqa, 31 avgust–3 sentyabr kunlari dam olinadi, 4–7 sentyabr kunlari ishlanadi (undan keyin kalendar boʻyicha «shtat» jadvaliga koʻra).

 

«6/1» rejimida ishlab, yakshanbada bir kun dam oladiganlarga shanba dam olish kuni koʻchirilganligi taalluqli boʻlmaydi, chunki ular uchun shanba shundoq ham ish kuni hisoblanadi. Shu bois ular quyidagi kalendarda koʻrsatilganidek, 1 va 2 sentyabr kunlari dam oladilar.

 

 

Shuningdek eslatib oʻtamiz, byudjet tashkilotlarida хodimlarning yillik mehnat ta’tillari qisqartirilishi bilan qoʻshimcha dam olish kunlari kompensatsiyalanadi (biroq ta’til pulini hisob-kitob qilishda ushbu dam olish kunlari haqiqiy ta’tilga qoʻshiladi), boshqa tashkilotlarda esa – moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jamoa shartnomalari yoki boshqa lokal hujjatlarga muvofiq belgilanadi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_