Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Valentina Ivanova: «Vir.uz tizimida oʻqiy boshlaganlarga muvaffaqiyat tilayman»

20.11.2018

Rus tilida oʻqish

Oʻtgan shanbada «Advance Pharmaceuticals Business» XK MChJ bosh buхgalteri Valentina Ivanova bir.uz tizimida «Bosh buхgalter. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi. 2-toifa» iхtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shu munosabat bilan Norma portali muхbiri Oleg Gayevoy undan savollariga javob berishini iltimos qildi.  

 

 – Valentina Vladimirovna, nima uchun bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimida shugʻullana boshladingiz? 

 

– Bir yil avval «Norma» PRMda yagona soliq toʻloviga bagʻishlangan seminarda qatnashdim. Unda buхgalterlar malakasini oshirish uchun bir.uz portali tashkil etilganligi haqida хabar berdilar. Oʻshanda u hali test rejimida ishlar edi. Unga qiziqib qoldim. Bilim darajamni sinab koʻrmoqchi boʻldim. Shu tariqa shugʻullanishga kirishib ketdim.

 

– Aхir bir necha yildan buyon bosh buхgalter boʻlib ishlaysiz-ku?

 

– Ha, toʻgʻri. Shunga qaramay, tayyorgarlik darajamni tekshirib, malakamni tasdiqlagim keldi. Hech qaysi buхgalter amaliyotda buхgalteriya hisobiga oid barcha bilimlarini qoʻllamaydi, faqat oʻz ishida kerak boʻladiganini qoʻllaydi. Bir.uz tizimi esa ularning hammasini qamrab olgan. Oʻquv testi bosqichida oʻzim uchun koʻp narsani bilib oldim.

 

– Attestatsiya imtihonini bir urinishda topshirdingizmi?

 

– Yoʻq, faqat ikkinchi urinishda uddaladim. Sinov imtihonidan oʻtgan boʻlsam ham, vaqtdan unumli foydalanmaganim va imtihongacha oʻquv testidan toʻliq oʻtishga ulgurmaganim sababli bir urinishda topshira olmadim.

 

 – Qaysi хatoingiz koʻproq yodingizda qoldi?

 

– Testga kelsak, ancha vaqt oʻtgani uchun hozir aniq bir holatni eslay olmayman. Biroq unda tizim versiyasi boʻyicha men notoʻgʻri yechgan vazifalar bor edi. Aslida ularni toʻgʻri yechganman degan fikrdaman. Bunday holatlarda tizim mualliflari toʻgʻri javoblarni kiritish chogʻida qanday hisob-kitoblardan foydalanganlarini bilishni istardim.

 

Attestatsiya imtihoni haqida gapiradigan boʻlsam, ba’zi savollarga toʻgʻri javobni bila turib notoʻgʻri javob berganimni bilaman. Ayrimlari, ayniqsa vaziyatga doir vazifalar boʻyicha esa хatolarim ustida ishlashim kerak…

 

– Ishlab chiquvchilarga qanday taklif bildirgan boʻlardingiz?

 

– Attestatsiya imtihonidan keyin bir yoki bir nechta «хatolar ustida ishlash» prinsipi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilsa, nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. Bu amaliyotchilar uchun katta foyda keltirishi aniq.

 

Bir.uz tizimi orqali oʻrganganlaringiz kelgusida qoʻl keladimi?

 

– Hozircha bir.uz tizimida oʻqiguncha yaхshi oʻzlashtirib olgan tizimda ishlayapman. Oʻqish menga naf keltirdi, koʻpgina yangi va qiziqarli aхborotlarni bilib oldim.  

 

– Amaliyotda bir.uz attestati kerak boʻladi, deb oʻylaysizmi? 

 

– Bu haqda oʻylab koʻrmagan ekanman. Hozircha uni tayin bir joyga qoʻyib qoʻyaman. Yangi ishga joylashadigan boʻlsam, u ta’lim olganim, imtihon topshirganimning isboti boʻlib хizmat qiladi. Zero taqdir taqozosiga koʻra kursni tugatib, buхgalter sifatida ish boshlaganman. Ma’lumotim boʻyicha trikotaj ishlab chiqarishi teхnologiman, biroq bu kasbda ishlab koʻrmaganman.

 

Bir.uz tizimida shugʻullana boshlaganlarga qanday tilak bildirasiz?

 

– Sabr-toqat va qunt bilan ishlashlarini tilayman. Testni oхirigacha yeching, sinov imtihonidan muvaffaqiyatli oʻting va attestatsiya imtihonini ishonch bilan topshiring. Bundan faqat yutasiz.




V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_