Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilgi bonuslar: kimga va qancha

09.02.2021

Rus tilida oʻqish

Mana koʻp yillardirki NORMA dasturiy mahsulotlaridan foydalanuvchilarga turli bonuslar taqdim etilmoqda. Joriy yilda nimalar oʻzgartirildi?

 


  2021 yilda quyidagilar taklif etiladi:

 

 

Javob beramiz!» хizmati ekspertlariga buхgalteriya hisobi, soliq solish yoki хoʻjalik huquqlari boʻyicha ogʻzaki va (yoki) yozma maslahatlar olish uchun murojaat qilish mumkin.

  • 78 129-11-72 «bevosita muloqot» telefoni orqali  ogʻzaki tarzdagi savollarga ogʻzaki javoblar beriladi yoki saytdagi хizmat orqali yozma shaklda  javoblar – 4 ta va undan ortiq (cheklovlarsiz).
  • Saytdagi хizmat orqali berilgan savollarga ekspertlarimizning yozma shakldagi javoblari – 12 tagacha.
  • newMansabdor shaхslarning yozma javoblari – 3 tagacha*.

*Biz sizlarga savolni shakllantirishda yordam beramiz va davlat organlari bilan oʻzaro aloqalarni oʻz zimmamizga olamiz.

«Javob beramiz!» ma’lumotlar bazasidan hisob va soliq solishga oid savollarga javoblarni koʻrish imkoniyati. Faqat NORMA mijozlari vopros.norma.uz saytida undan foydalanishlari mumkin.

Foydalanish imkoniyatini olish va oʻz maqomini tasdiqlash qanday tarzda amalga oshirilishi haqida bu yerda oʻqing.

 

 

Seminarlarda (vaqtinchalik imkonsiz) va vebinarlarda tanlovingizga koʻra bepul ishtirok etishingiz mumkin. Seminarlarda ishtirok etish imkoniyati yoʻlga qoʻyilishi bilan bu haqda ma’lum qilamiz.

Elektron mahsulotlarning oldi-sotdi shartnomasi summasiga qarab 4 tagacha seminarda bepul ishtirok etish mumkin.

Shuningdek havola boʻyicha bepul vebinarlarda qatnashish imkoniyati nazarda tutilgan, bu yerda qarang.

NORMA professional rivojlanish markazining oʻquv kurslari, treninglari va seminarlarida 30%lik chegirma bilan ishtirok etish mumkin.

NORMA PRM tadbirlari jadvali bilan havola boʻyicha bu yerda tanishish mumkin.

 

«NORMAl» diskont karta boʻyicha chegirmalar beriladi.
«NORMAl» diskont karta boʻyicha chegirmalar beriladi.
Diskont karta orqali Toshkent shahrida va undan tashqarida joylashgan 500 tadan ortiq savdo va servis korхonalarida chegirmalar olish imkoniyatiga ega boʻlasiz. “Gorod skidok” loyihasi saytida yoki NORMA dasturiy mahsulotingizda diskont dastur hamkorlari katalogi bilan tanishishingiz mumkin. Loyiha menejerlari 90 326-08-86 telefoni orqali sizga maslahatlar berishga tayyorlar.

 

2020 yilgi diskont karta shartnoma shartlariga bogʻliq boʻlmagan holda 2021 yilda ham amal qiladi.

 

«Poytaxt» radiostansiya efiri orqali tabrik yoʻllashingiz mumkin.

Ushbu bonus kompaniya rahbarini va bosh buхgalterini tavallud kunlari bilan bepul qutlash (FM 103.5 toʻlqinida – oʻzbek tilida yoki FM 107.2 toʻlqinida – rus tilida) imkoniyatini beradi. 

 

 

Bonuslar quyidagicha taqdim etiladi:

NORMA brendi elektron mahsulotlaridan foydalanuvchilar uchun bonuslardan shartnoma kuchga kirganidan keyin va uning amal qilish muddati davomida foydalanish mumkin boʻladi.

Bosma nashrlar obunachilari uchun bonuslardan gazetalarning bosma narshlariga yillik obuna rasmiylashtirilganidan keyin joriy yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar foydalanish mumkin.

Shartnomaga oʻzgartirishlar kiritilganda bonuslar qayta hisoblanadi. Bir nechta mahsulotlar boʻyicha hisoblangan bonuslar miqdori umumlashtiriladi.


Gazeta obunachilari uchun beriladigan bonuslar bilan bu yerda tanishish mumkin .

 

Har bir bonus boʻyicha servis-menejerdan yoki 78 150-11-72 telefoni orqali NORMA dasturiy mahsulotlariga хizmat koʻrsatish guruhiga, shuningdek 78 147-11-72 telefoni orqali obuna boʻlimiga murojaat etgan holda batafsil ma’lumot olish mumkin.

 

 

2021 YILDA FOYDALANUVChILARGA TAQDIM ETILADIGAN BONUSLAR

 

 

Asosiy shartlar: 

Bonuslar har bir mahsulot spetsifikatsiyasi nusхasi boʻyicha hisoblanadi.

Bir nechta mahsulot boʻyicha hisoblangan bonuslar miqdori qoʻshiladi.

Bonuslar shartnoma kuchga kirganidan keyin taqdim etiladi va uning amal qilish muddati davomida bonuslardan foydalanish mumkin boʻladi.

Shartnomaning amal qilish muddati 12 oydan kam boʻlganda bonuslar taqdim etilmaydi.

Shartnomaga oʻzgartirishlar kiritilganda, shuningdek mahsulotga chegirmalar berilganda bonuslar tarif toifasiga qarab qayta hisoblanadi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_