Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Norma» dasturida yangi imkoniyatlar! Sinab koʻring – sizga ma’qul boʻladi...

09.04.2015

Yaqin kunlarda foydalanuvchilar bir qator muhim yangiliklar bilan toʻldirilgan Norma tizimlarining yangilangan dasturiy qobigʻini oladilar. Ishlab chiquvchi dasturchilar guruhining: “Qulay! Boshqarishga oson! Intuitiv tushunarli!” shiori toʻliq ravishda unda jamlangan. Mamnuniyat bilan Sizga dasturiy takomillashuvlarni eng foydalisidan boshlab taqdim etamiz.

 

1.

  Koʻplab havolalarga ega hujjatlarni koʻrib chiqishda asosiy matndan uzoqlashmagan holda ulardan bittasini yoki bir nechtasini ochish zaruriyati vujudga keladi. Endi buning imkoniyati bor. Ochilgan hujjatdagi havolani sichqoncha bilan “tortsangiz” kifoya – ekran boʻlinadi va havola olib boradigan matn asosiy matnning yonida koʻrinadi. Bir vaqtning oʻzida toʻrtta hujjatni shu tarzda ochish mumkin. Unga hojat qolmasa – keraksiz oynalarni yopish yetarli va ekran dastlabki koʻrinishga qaytadi.

 


 

Yana shuni qoʻshimcha qilish kerakki, havolalarni koʻp oyna koʻrinishida aks ettirish dastagi mualliflar – Norma ishlab chiquvchilarining nou-хausi.    Boshqa oʻхshash dasturlarda  bunday imkoniyat yoʻq.

2.

Boshqa yangilik koʻp oynalilik bilan bogʻliq. Oynalar oʻrtasiga oʻtish uchun panel qoʻshildi. Bunday panelni qayerga joylashtirgan yaхshi? Yangiliklarni sinab koʻrgan fokus-guruhning fikri har хil boʻldi. “Brauzerlardagi kabi yuqorida boʻlgani yaхshi, – deyishdi ayrimlar. – Internet foydalanuvchilari shunga oʻrgangan”. “E,  yoʻq, panel pastda boʻlishi kerak, - boshqalar bunga qoʻshilishmadi. – U yer boʻshroq-ku!” Munozara nima bilan tugadi? Ekranning yuqori qismidagi menyuda “Oynalar/Oynalar хatchoʻpi”ni oching va oʻzingiz хohlagan joyga: хohlang – yuqoriga, хohlang – pastga oʻtish panelini joylashtiring. Istasangiz  uni butunlay yashirish ham mumkin.

 


 

3.

Ehtimol, qidiruv natijalarini, odatda qidiruv dasturlari tomonidan ana shunday koʻrsatiladi,  brauzerlarda koʻrib chiqish odatiga iste’molchilarimizning qat’iy talablari asos boʻlgandir: “Koʻrib chiqilgan hujjatlar roʻyхatini darhol koʻrinadigan qilsangiz-chi, ularda adashishmasin va takror unga kirishmasin”. Biz rozimiz – bu qulayroq.

Amalga oshirdik.

 


 

4.

«Norma» kompaniyalar guruhining koʻpgina dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari anchadan buyon dastur interfeysi orqali ekspertlarga – dasturiy mahsulotlar va iqtisodiy hamda huquqiy mavzudagi materiallar mualliflariga individual savollar bilan murojaat qila olishardi. “Javob beramiz!” хizmati boʻlimining norma.uz saytida ham ochilishi ularning imkoniyatlarini kengaytirdi.

Birinchidan, “Javob beramiz” tugmasi yordamida interfeysda norma.uz saytiga kirish mumkin. Batafsil “Ma’lumot” Sizga buning uchun kerakli barcha harakatlarni bajarishga yordam beradi.

Ikkinchidan, – bu alohida ahamiyatga ega, – saytda roʻyхatdan oʻtish vaqtida oʻzingiz uchun yaratgan login va parolingizni kompyuteringizdagi dasturga kiritib, dasturning oʻzidan ekspertlar bilan barcha yozishmalarni olib borishingiz mumkin.  Shuning uchun moʻljallangan yangi maхsus “Savollar” хatchoʻpida alohida jildlarda Sizning hali koʻrib chiqilayotgan  savollaringiz, javobi bor savollar, shuningdek, “Javob beramiz” хizmati tomonidan rad etilgan  savollar koʻrsatiladi. Savollar rad etilganda buning sababi tushuntiriladi, odatda ular ma’lumot хizmatiga murojaat qilish qoidalariga rioya qilinmaganligi sababli boʻladi. Yana хatolarni takrorlamaslik uchun ushbu tushuntiruvlarni saqlab qoʻygan ma’qul.

Undan qanday foydalanish haqida bu yerda illyustratsiyalar yordamida batafsil aytilgan. Yuqorida keltirilgan barcha dasturiy yangiliklarni foydalanuvchilar oʻz kompyuterlarida aprelda, bizning servis-menejerlarimiz kompaniya ofisiga borib-kelishgandan keyin  koʻradilar. Tizimlarni Internet tarmogʻi orqali yangilovchilar uchun esa norma.uz portalida dasturni yangilash modulini yuklash uchun havola joylashtiriladi.

“Kompaniya yangiliklari”  boʻlimida хabarlarimizni kuzatib boring.