Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Profilaktik hisobda turgan shaхslar doirasini qisqartirish rejalashtirilmoqda

29.05.2023

Rus tilida oʻqish

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Loyiha muhokamasi 08.06.2023 yilgacha davom etadi.

 

Loyiha huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi qonunchilikni unifikatsiya qilishga qaratilgan. Jumladan, loyiha bilan “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlar yagona qonunga birlashtirilmoqda.

 

Loyihaga muvofiq, profilaktik hisobga qoʻyiladigan shaхslar doirasi qisqarmoqda. Mazkur chorani ayblilik masalasini хal etmasdan turib jinoyat ishi tugatilganda, mayda huquqbuzarlik sodir etgan shaхslarga va boshqa holatlarda qoʻllamaslik belgilanmoqda.

 

Mazkur qonun qabul qilingan taqdirda 368,6 ming nafardan ziyod shaхslarga nisbatan (barcha profilaktik hisobda turganlarning  57,6%) profilaktik hisob bekor qilinadi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Sobir Nurberdiyev.